Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/08/2025
Chop etish
Hasharda birlashgan jamoa.
“Obod va fayzli mahalla-yurt ko‘rki” hashari JDPUda ko‘tarinki ruhda o‘tdi.

Yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik doirasida Jizzax davlat pedagogika universitetida hasharchilar, volontyor talabalar va yetakchi yoshlar tomonidan keng ko’lamli obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi. Ular hudud va binolarni yangi o‘quv yiliga tayyorlash, daraxtlarni oqartirish va butash, bino hamda inshootlarni ta’mirlashda sidqidildan mehnat qilishdi.

“Bog‘ishamol” hududida foydalanishga topshirilayotgan yangi o‘quv binosida ham ishlar qizg‘in davom etdi. Aniq fanlar va Filologiya fakultetlari professor-o‘qituvchilari, universitet boshlang‘ich tashkiloti yetakchilari va volontyor talabalar yangi binoning obodonlashtirish jarayonlarida faol qatnashib, charchoqni sezmasdan mehnat qilishdi.

Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi rahbari Bekzod Qo‘shmurodovning ta’kidlashicha, JDPU hududini yanada obod va fayzli maskanga aylantirish maqsadida o‘tkazilgan umumxalq hashari doirasida 741 nafar hasharchi ishtiroki ta’minlandi.

Mazkur sa’y-harakatlar doirasida:

  • yashil maydonchalarga 58 tup gul ko‘chatlari ekildi;

  • 1067 tup daraxt butaldi va oqlandi;

  • 2 427 m² maydonda obodonlashtirish ishlari amalga oshirildi;

  • 555 metr ariqlar turli chiqindilardan tozalandi;

  • 226 ta o‘quv xonasi hamda 1 ta yopiq sport maydonchasi yangi o‘quv yiliga tayyorlandi.

Ushbu ezgu tashabbuslar nafaqat talabalar uchun sog‘lom va toza ta’lim muhitini yaratishga, balki universitet hududining obod va fayzli maskanga aylanishiga ham xizmat qiladi.


Ulashish:
3 245
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.