Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/09/2023
Chop etish
Hamkor oliygohlar rektorlari aloqalarini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.

Joriy yilning 25-26sentyabr kunlari Sankt-Peterburg shahrida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi oliy taʼlim muassasalari rektorlarining navbatdagi mintaqalararo konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.

“O‘zbekiston-Rossiya mintaqalararo rektorlar konferensiyasi” si doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori prof. Sh.S.Sharipov P.F.Lesgaft nomidagi Milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universitetida bo‘ldi.

Tashrif universitetda yaratilgan sharoitlar bilan tanishishdan boshlandi. Shundan so‘ng hamkor oliygohlar rektorlari hamkorlik aloqalarini yanada kengaytirish masalalarini muhokama qilishdi.

O‘zaro ishonch ruhida o‘tgan uchrashuv so‘ngida P.F.Lesgaft nomidagi Milliy davlat jismoniy tarbiya, sport va salomatlik universiteti rektori S.I.Petrov , JDPU rektori Sh.Sharipovga ramziy sovg‘alarni topshirdi.


Ulashish:
1 016
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.