Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/04/2025
Chop etish
Germaniyaning ASIIN Xalqaro ta’lim va akkreditatsiya agentligi mutaxassislari, ekspertlar guruhi universitet talabalari va sobiq bitiruvchilar bilan uchrashdi.
Uchrashuvda bugun turli yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan sobiq bitiruvchilar va ayni paytda universitetda tahsil olayotgan talaba yoshlar ishtirok etishdi.

Samimiy, ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuvda mehmonlar kimyo va biologiya yo‘nalishini bitirgan talabalar bugun ishga joylashishda qiyinchilikka duch kelishadimi? talabalar o‘rtasida chet tilini o‘rganishga ishtiyoq bormi? Ular buni qay darajada uddalashmoqda, talabalar o‘rtasida akademik mobillik talaba yoshlarni qoniqtiradimi, ularning chet davlatlarda o‘qish istagi mavjudmi? kabi dolzarb savollarga javob berishdi.

Suhbat davomida turli tashkilotlarda faoliyat yuritayotgan sobiq bitiruvchilar bugun kimyo va biologiya yo‘nalishini bitirgan bitiruvchilarga talab yuqori ekanligini ta’kidlashdi.

Uchrashuvda yurtimizning turli viloyatlarida o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyat yuritayotgan sobiq bitiruvchilar ham onlayn ishtirok etib, fikr mulohazalarini bildirishdi.


Ulashish:
730
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.