Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/04/2025
Chop etish
Germaniyaning ASIIN Xalqaro ta’lim va akkreditatsiya agentligi  mutaxassislari,  ekspertlar guruhi dastur koordinatorlari va rektorat vakillari bilan uchrashdi.
7 apreldan 10 aprelgacha bo‘lib o‘tadigan tashrifning ilk kuni dastur koordinatorlari va rektorat vakillari bilan uchrashuvdan boshlandi.

Ta’kidlash joiz, Xalqaro tashkilot tomonidan universitetning 4 ta ta’lim dasturlari: Kimyo va Biologiya bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari hamda Aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish metodikasi (kimyo va biologiya) magistratura mutaxassisliklari xalqaro standartlar talablariga javob berishi ko‘rib chiqiladi. Universitet rahbariyati hamda mehmonlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan uchrashuv do‘stona va ochiq tarzda o‘tkazildi. Dastlab universitet o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Furqat Jo‘raqulov universitetda yaratilgan sharoitlar,oliygohning bugungi faoliyati, xalqaro aloqalar, kelajakdagi rejalar bilan tanishtirdi.

Universitetni yanada rivojlantirish; xalqarolashtirish, dasturlar profili va keyingi rivojlanish istiqbollari. xodimlar hamkorlik; sifatni tekshirish kabi masalalarga qaratilgan suhbatni  Bremen amaliy fanlar universiteti professori Tilman Achstetterning bir qator savollari bilan davom etdi.

-Oliygohingizni tanishtirishga bag‘ishlangan ajoyib taqdimot uchun o‘z tashakkurimizni izhor etamiz,- professor Tilman Achstette. Bu yerga tashrifimizning maqsadi sizning universitetingizni xalqarolashtirishdir. jarayonda ba’zi bir savollar va tavsiyalar ham tug‘ilishi tabiiy shu o‘rinda suhbatimiz ochiq va samimiy tarzda o‘tishini biz ham istaymiz. Fikrlar almashinuvi turli muhokamalar barchamiz uchun juda foydali bo‘ladi.

Suhbat davomida tomonlar universitetda akademik mobillikni oshirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar, ilmiy darajalarlilar sonini oshirish borasida qilinayotgan ishlar xususida so‘z yuritildi. uchrashuvda shuningdek universitet hayotini aks ettiruvchi videorolik ham namoyish etildi. Ma’lumot uchun aytish joizki ekspertlar guruhi 3 kun  davomida universitetda ta’lim jarayoni,  moddiy-texnik baza va laboratoriya imkoniyatlari va  yaratilgan sharoitlar bilan tanishib chiqishadi.


Ulashish:
849
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.