Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/06/2023
Chop etish
Forum doirasida JDPU boshlang‘ich tashkiloti faoliyati o‘rganildi.

 “Yetakchilar forumi” doirasida oliy taʼlim muassasalarining yoshlar yetakchilari Jizzax viloyatidagi namunali faoliyat olib borayotgan Jizzax davlat pedagogika universitetining boshlang‘ich tashkiloti faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.

Forum ishtirokchilari talaba yoshlar bilan ishlashni tizimli yo‘lga qo‘yish bo‘yicha o‘zaro fikr va tajriba almashishdi. JDPUga tashrif buyurgan mehmonlar dastavval “Bizni do‘stlik birlashtiradi” deb nomlangan peshtaxtaga tilaklarini yozishdi. Shundan so‘ng mehmonlar JDPU bo‘ylab sayohatni boshlab yuborishdi.

Dastur doirasida Sport to‘garaklari sportchi talabalarga yaratib berilgan imkoniyatlar, universitet Kutubxonasi,”Qatag‘on qurbonlari xotirasi muzeyi, yaqindagina o‘z faoliyatini boshlagan musiqa va ovoz yozish studiyasi hamda registrator ofisiga sayohat qilishdi. Jarayon davomida  O‘zbek tili adabiyot fakulteti talabalari tomonidan tayyorlangan mushoiraning guvohi bo‘lishdi.Havaskor gitaristlar ijrosida ajoyib kuy qo‘shiqlarni birgalikda ijro etishdi.Yoshlar yetakchisi xonasi bilan tanishishdi. “Yetakchilar forumi” ga universitet madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan tantanali marosim yakun yasadi.


Ulashish:
1 178
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.