Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/10/2025
Chop etish
Filologiya fakultetida ota-onalar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Filologiya fakultetida talabalarning ota-onalari bilan navbatdagi uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Uchrashuv universitet madaniyat saroyida tashkil etilib, unda fakultet professor-o‘qituvchilari, talabalar va ularning ota-onalari ishtirok etishdi.

Fakultet dekani Fazilat Ibragimova tadbirni kirish so‘zi bilan ochar ekan, universitet va fakultetda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berdi. Ta’kidlanishicha, hozirda o‘zbek tili, xorijiy tillar va rus tili yo‘nalishlarini birlashtirgan yaxlit Filologiya fakulteti tashkil etilgan bo‘lib, fakultetning zamonaviy talablarga mos yangi binosi Bog‘ishamol hududida joylashgan.

Tadbir davomida tegishli mutaxassislar tomonidan ota-onalarga ta’lim jarayonidagi yangiliklar, talaba yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish, korrupsiya va huquqbuzarliklarning oldini olish, hamda talabalarning psixologik holatini kuzatish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar berildi.

Shuningdek, fakultetda faoliyat yuritayotgan bir qator talabalarning ota-onalari universitet rahbariyati tomonidan faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi. Tadbir so‘ngida ota-onalar universitetdagi ta’lim sifati, talabalar uchun yaratilayotgan sharoitlar va fakultet jamoasining mehnatini yuksak baholashdi.

Bunday uchrashuvlar ota-onalar, talabalar va universitet o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlab, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirishga xizmat qiladi. Ota-onalarning faol ishtiroki esa universitet hayotida ochiqlik, ishonch va hamjihatlik muhitini yaratishga katta hissa qo‘shadi.


Ulashish:
2 453
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.