Yangiliklar
Yangiliklar
|
19/09/2023
Chop etish
Farzandim tahsil olayotgan oliygohda bir kun.

Jizzax davlat pedagogika universitetining Tabiiy fanlar fakultetida tahsil olayotgan talabalarning ota-onalari, professor o‘qituvchilar, hamda talabalar ishtirokida bo‘lib o‘tgan yig‘ilishni universitet rektori Sh.Sharipov ochib berdi.

U o‘z so‘zida bugun malakali pedagog kadrlar yetkazib berish dolzarb vazifaga aylanib, ushbu vazifa ijrosini taʼminlashda universitetda “Oliy taʼlim muassasasi va oila” hamkorligini yo‘lga qo‘yilganini, o‘tkazilgan navbatdagi kongressning maqsadi ham ota-onalar bilan hamkorlik aloqalarini yaqindan o‘rnatish ekanligi taʼkidladi. “Mazkur hamkorlik yoshlarning intellektual salohiyatini yuzaga chiqarishda, ularning jahon standartlariga mos kadrlar bo‘lib yetishishlarida muhim o‘rin tutadi”-deydi universitet rektori Sh.Sharipov

 

Tobora globallashayotgan bugungi zamonda yoshlarni turli yot g‘oyalar taʼsiridan asrash g‘oyat muhimdir. Shu bois yoshlarning ruhan sog‘lom, keng dunyoqarash, turli yot g‘oyalarga qarshi tura oladigan xislatlarga ega bo‘lishi ham ustuvor masalaga aylanayotir. Bu borada ota-ona va taʼlim muassasasi o‘rtasida uzviy hamkorlik yo‘lga qo‘yilishi dolzarb ahamiyat kasb etmoqda. Ota-onalar kongressida so‘zga chiqqan universitet Yoshlar masalalari, maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori S.Nazarqosimov aynan shu dolzarb masalaga to‘xtalib, bugun har bir ota-ona o‘z farzandi bilan ko‘proq aloqada bo‘lish lozimligini taʼkidlab o‘tdi.

Yig‘ilish davomida ota-onalar fikrlari va takliflari tinglandi. Shundan so‘ng Ota-onalar oliygohda yaratilgan sharoitlar, o‘quv laboratoriyalari, Axborot resurs markazi, “Ota-onalar bog‘i” hamda  “Qatag‘on qurbonlari” xotira muzeyi bilan tanishishdi.


Ulashish:
872
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan...
“Rahbar faoliyati va mahorati” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Uchinchi kun.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy...