To‘pchiyev Usmon Sindorovich
Fakultet dekani
Dekanning onlayn qabulxonasi
Milliy meros va jahon tarixini o‘rganishga ixtisoslashgan yetakchi fakultet
Tarix fakulteti – bu milliy va jahon tarixini chuqur o‘rganish, tarixiy tafakkur va ilmiy tahlil asosida jamiyat taraqqiyotini anglaydigan yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlovchi yetakchi ilmiy-ma’rifiy markazdir. Fakultet bitiruvchilari ta’lim, ilm-fan, arxiv, muzey va madaniyat sohalarida samarali faoliyat olib bormoqdalar.
Fakultetda tahsil olayotgan talabalar qadimdan to hozirgi kungacha bo‘lgan tarixiy jarayonlarni kompleks o‘rganish, tarixiy hujjatlar bilan ishlash, tahlil qilish va tarixiy fikrlashni shakllantirish bo‘yicha puxta bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
Bitiruvchilar o‘z faoliyatlarini maktab va kollej o‘qituvchisi, ilmiy xodim, arxivchi, muzeyshunos, madaniyat sohasi mutaxassisi yoki oliy ta’lim muassasalarida pedagog sifatida davom ettirishlari mumkin.
Fakultetda ta’lim “Tarix o‘qitish metodikasi”, “Milliy g‘oya va huquqiy ta’lim asoslari”, “Jahon tarixi”, “O‘zbekiston tarixi” kabi yo‘nalishlar bo‘yicha olib boriladi. Talabalarga zamonaviy darsliklar, boy tarixiy manbalar, tajribali ustozlar va ilmiy muhit taqdim etiladi.
Fakultet ijtimoiy
tarmoqlarda
Ta’lim dasturlari
Kafedralar
Xodimlar
Abduraxmonov Akbar Abduxamidovich
Dekan muovini
Pardabayev Abdukarim Ergashevich
Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari
G‘aniyeva Xayitgul Xolqo‘ziyevna
Tyutor
O‘rolov Hosilbek Ulug‘bek o‘g‘li
Tyutor
Qabulov Sahob Abduqahharovich
Tyutor
Fakultet tarixi
Tashkil topishi
Tarix fakulteti 1995-yilda Jizzax davlat pedagogika instituti tarkibidagi O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti negizida, avval alohida guruh, keyin bo‘lim sifatida tashkil etilgan. Dastlabki yillarda 25 nafardan talaba qabul qilinar edi, oradan to‘rt yil o‘tib bu ko‘rsatkich 100 nafardan oshdi. Fakultetning bo‘lim sifatida faoliyat olib borgan ilk rahbari falsafa fanlari nomzodi, dotsent Alijon Botirov bo‘lgan.
1999-yildan boshlab bo‘lim mustaqil Tarix va huquq fakulteti sifatida qayta tashkil etildi. Fakultetning birinchi dekani etib falsafa fanlari nomzodi, dotsent Erkin Xolbo‘tayev tayinlangan va u 2006-yilgacha ushbu lavozimda ishlagan.
Rivojlanish bosqichlari
Fakultet faoliyati davomida ko‘plab olimlar tomonidan boshqarilgan. Jumladan, Abdunabi Xotamov (2006–2008), Ziyodulla Xolboyev (2008–2009), Baxtiyor Mirkomilov (2009–2010), Sirojxon G‘oziyev (2010–2016), Safar Abduxoliqov (2016–2017), Rahimboy Yarmatov (2017–2019), Ahror Pardayev (2019–2023) va hozirda fakultetga tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent Farrux Aqchayev rahbarlik qilmoqda.
Fakultetda tarix, huquq, falsafa, jamiyatshunoslik fanlarining rivoji bilan birga bir qancha ilmiy maktablar shakllangan. Jumladan, Falsafa yo‘nalishida professor Baxti Ochilova, Arxeologiya yo‘nalishida dotsent Muxtor Pardayev rahbarligida ilmiy izlanishlar yo‘lga qo‘yilgan.
2000-yillarda fakultet binosi bir necha marotaba o‘zgartirilgan: bosh binoning uchinchi va to‘rtinchi qavatlarida, keyin esa ikki qavatli qo‘shimcha binoda faoliyat yuritgan. Bugungi kunda fakultet So‘loqli mahallasidagi alohida ta’lim kampusida joylashgan.
Bugungi faoliyati
Fakultet tarkibida 3 ta kafedra faoliyat yuritmoqda:
- O‘zbekiston tarixi kafedrasi
- Falsafa, tarbiya va huquq ta’limi kafedrasi
- Umumiy tarix kafedrasi.
Fakultetda ilmiy tadqiqotlar keng yo‘lga qo‘yilgan. O‘quv va ilmiy faoliyatda professorlar Faniya Axmedshina, Baxtiyor Mirkomilov, Rahimboy Yarmatov, Abdurasul Boltayev, Furqat Toshboyev, Nargiza Karimova kabi olimlar faol ishtirok etmoqda.
Tarix fakultetining “Tarix” ilmiy-tadqiqot markazi faoliyat yuritib, “Jizzax – mo‘jizalar o‘lkasi”, “Jizzax viloyati sudlari tarixi”, “Qaliya mahallasi tarixi” kabi monografiyalar va ilmiy ishlar chop etilgan.
Fakultet bugungi kunga qadar 3000 dan ortiq mutaxassis yetkazib bergan. Bitiruvchilari orasida prorektor Sarvar Nazarqosimov, magistratura bo‘limi boshlig‘i Rahimboy Yarmatov, Toshkentdagi O‘zMUda faoliyat yuritayotgan Nizom Tangirov va boshqa ko‘plab taniqli shaxslar bor.
Sanalar bo'yicha tarix
Fotogalereya
Fotogalereyada siz fakultet hayotidagi yorqin lahzalar bilan tanishishingiz mumkin: o‘quv tadbirlari, ilmiy konferensiyalar, ijodiy ko‘rgazmalar va kundalik talabalar hayoti.
