Yangiliklar
Yangiliklar
|
24/04/2025
Chop etish
«Ertangi moliyaviy imkoniyatlaringiz bugungi qaroringizdan boshlanadi» mavzusida amaliy seminar trening tashkil etildi.
Markaziy bank tomonidan tashkil etilgan «Global money week 2025» tadbirida Jizzax Davlat pedagogika universiteti 1-2-bosqich noiqtisodiy yo‘nalishlari talabalariga Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston milliy universitetining Jizzax filiali volontyor-talabalari tomonidan «Ertangi moliyaviy imkoniyatlaringiz bugungi qaroringizdan boshlanadi» mavzusida amaliy seminar trening tashkil etildi.

Tadbir davomida ishtirokchilarga quyidagi mavzularda muhim ma’lumotlar yetkazildi:

⏺️Shaxsiy byudjetni to‘g‘ri yuritish;

⏺️Moliyaviy rejalashtirish va mablag‘ni tejash usullari;

⏺️Bank xizmatlari, kredit va omonatlarning turlari;

⏺️Moliyaviy xavfsizlik va firibgarlikdan himoyalanish yo‘llari.

Treningning asosiy maqsadi — yosh avlodning moliyaviy bilimlarini oshirish, ularni ongli moliyaviy qarorlar qabul qilishga o‘rgatish va iqtisodiy mustaqilligiga hissa qo‘shishdan iborat bo‘ldi


Ulashish:
859
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.