TANGIROV XURRAM ERGASHEVICH
Tangirov Xurram Ergashevich

Tangirov Xurram Ergashevich

Dotsent, Axborot texnologiyalari va tizimlari

Ilmiy daraja Fan nomzodi, PhD

Xodim avtobiografiyasi va ma’lumoti

Tangirov Xurram Ergashevich, 1980 yil 16 oktabrda Jizzax viloyati Forish tumanida tug’ilgan.
Xurram Tangirov о‘z ish faoliyati davomida 160 dan oshiq ilmiy-uslubiy ishlarini e’lon qilgan, jumladan, 65 ga yaqin ilmiy-amaliy, ilmiy-texnik, ilmiy-uslubiy tezislari respublika miqyosidagi konferensiyalar materiallari tо‘plamida, 16 ta maqolasi OAK rо‘yxatidagi respublika ilmiy-uslubiy jurnallarida, 25 ta maqolasi xorijiy, MDH va respublikamizdagi xalqaro konferensiyalar materiallari tо‘plamida, 10 ta maqolasi xorij va MDH ning ilmiy jurnallarida, 8 ta maqolasi OAK rо‘yxatidagi xorij va MDH ning ilmiy jurnallarida chop etilgan. Hammualliflik asosida 14 ta о‘quv, о‘quv-uslubiy va uslubiy qо‘llanmalar chiqargan, tadqiqot ishi doirasida 3 ta monografiya chop etgan. EHM uchun yaratilgan dasturlariga О‘zbekiston Respublikasi Intellektual mulk agentligining 18 ta mualliflik guvohnomasini olgan.
Uning shogirdlaridan 4 nafari “Kompyuter grafikasi” fanidan respublika onlayn fan olimpiadisi g‘olibi va sovrindorlari, yana 4 nafari esa turli yillarda I.Karimov nomli Davlat stipendianti sohibi bo‘lishgan. 

Mehnat faoliyati va tajribasi

2024 — hozirgi vaqt

Jizzax davlat pedagogika universiteti axborot texnologiyalari va sun’iy intellekt kafedrasi

Dotsent

2022 — 2024

Jizzax davlat pedagogika universiteti informatika va raqamli ta’lim texnologiyalari

Katta o‘qituvchi

2018 — 2022

Jizzax davlat pedagogika instituti informatika о‘qitish metodikasi

Katta o‘qituvchi

2007 — 2018

Jizzax davlat pedagogika instituti informatika va axborot texnologiyalari kafedrasi

O‘qituvchi

2006 — 2009

Jizzax davlat pedagogika instituti axborot texnologiyalari markazi

tarmoq boshqaruvchi

2005 — 2007

Jizzax davlat pedagogika instituti

magistrant

2004 — 2006

Jizzax davlat pedagogika instituti ta’lim tizimini axborotlashtirish va multimedia ilmiy-uslubiy markazi

muhandis-dasturchi

2000 — 2004

Jizzax davlat pedagogika instituti

talaba

1999 — 2000

Jizzax viloyati Forish tumani “Sharq” mas’uliyati cheklangan jamiyati kinobirlashmasi

bosh hisobchi

1997 — 1999

Jizzax industrial texnikumi

talaba

Ta’lim va malaka oshirish

2019 — 2022

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Falsafa doktori (PhD) • Matematika va informatika

2005 — 2007

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Magistratura • Matematika va informatika

2000 — 2004

Jizzax davlat pedagogika universiteti

Bakalavr • Matematika va informatika

2025

Axborot tizimlari va texnologiyalari

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

2022

Dasturiy injiniring

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

2018

Informatika va axborot texnologiyalari

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti huzuridagi Pedagogik kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tarmoq markazi

Davlat mukofotlari

Shuhrat medali

Medal

Prezidentning 2024 yil 27 sentabrdagi qarori

Bu bo‘limda hozircha ma’lumot mavjud emas.

Bu bo‘limda hozircha ma’lumot mavjud emas.

Bu bo‘limda hozircha ma’lumot mavjud emas.

Bu bo‘limda hozircha ma’lumot mavjud emas.