Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Seminarlar
Seminarlar
|
20/09/2018
Chop etish
“Elsevier” kompaniyasining O‘zbekistondagi koordinatori Dilnoza Nurullaevna Allanazarova Jizzax davlat pedagogika institutida ““Scopus” va “Science Direct” xalqaro malumotlar bazasi tizimiga maqolalarni joylashtirish” mavzusida seminar – trening o`tkazdi

“Elsevier” kompaniyasining O‘zbekistondagi koordinatori Dilnoza Nurullaevna Allanazarova ma’lum qilinganidek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 22 martdagi «Xalqaro Rivojlantirish Assotsiatsiyasi ishtirokidagi oliy ta’lim muassasalari moddiy-texnika bazasini mustahkamlash loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Niderlandiyaning «Elsevier» kompaniyasi bilan hamkorlikda «Ilm-fan – 2020» milliy rivojlanish dasturini ishlab chiqqan. Undan ko‘zlangan asosiy maqsad yurtimizda oliy ta’lim dargohlari professor-o‘qituvchilarining ilmiy-tadqiqot faoliyati samaradorligini oshirish, jahon ta’lim resurslari, zamonaviy ilmiy adabiyotlarning elektron kataloglari va ma’lumotlar bazalariga kirish imkoniyatlarini yanada kengaytirishdan iborat ekanligini qayd etib o‘tdi.

Elsevier kompaniyasi fan, ta’lim va tibbiyot sohasida innovatsion yechimlarni va mahsulotlarni taklif etadigan jahondagi eng yirik nashriyotlardan biri hisoblanadi. Kompaniyaning qarorgohlari Amsterdam, London, Nyu-York shaharlarida joylashgan bo‘lib, butun dunyo bo‘ylab 70 ga yaqin ofislari bor. Nashriyot «Reed Elsevier» media-xoldingning bir qismi bo‘lib, u jahonning eng yirik 500 kompaniyalari ro‘yxatiga kiradi. 2500 dan ortiq jurnallar, 20000 ga yaqin kitob va ma’lumotnomalarni chop etadi. Nashriyotda «Scopus» ilmiy nashrlar va sitata keltirish ma’lumotlar bazasini olib boradi, «Science Direct» ilmiy nashrlarni tarqatish tizimini rivojlantiradi.

Milliy rivojlanish dasturi doirasida yurtimizdagi ilmiy jurnallarni «Scopus» va «ScienceDirect» xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi tizimiga kiritish, yosh olim va doktorantlarga maqolalar tayyorlash va ularni nufuzli nashrlarda chop etishiga ko‘maklashish ko‘zda tutilganligi haqida to‘xtaldi. Shundan so‘ng amaliy mashg‘ulotlarni bajarish uchun Xalkaro ilmiy texnik bazalardan (Scopus va Sciencedirect) foydalanish uchun barchani shu saytlardan foydalanish va maqolalar tayyorlash va ularni nufuzli nashrlarda chop etishiga ko‘maklashish bo‘yicha tushunchalar berildi. Quyidagicha tavsiyalar berdi:

  1. «Scopus» va «ScienceDirect» xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasi tizimida instiut profilini ochish;
  2. Admin tool ochish bu institutda xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazasiga bir oy davomida necha kishi kirganligini nazorat qilish imkoniyatini berishini takidlab o‘tdi.

““Scopus” va “Science Direct” xalqaro ma’lumotlar bazasi tizimiga maqolalarni joylashtirish” bo‘yicha o‘tkazilgan seminar-trening tadbiri so‘ngida professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga “Elsevier” kompaniyasining O‘zbekistondagi koordinatori Allanazarova Dilnoza Nurullaevna tamonidan batafsil javoblar berildi.


Ulashish:
1 949
Boshqa rubrikalarda mashhur

Zominda mazmunli dam olish sayohatlar davom etmoqda.
“Yaxshi dam – mehnatga hamdam” degan tamoyil asosida Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun har hafta dam olish tadbirlari tashkil etilmoqda.
“Temur Lang” darvozasi hududiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat uyushtirildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti talabalari uchun darsdan bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida, Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan “Temur...
Jizzax davlat pedagogika universitetida navbatdagi Speaking Club bo‘lib o‘tdi!
“Shanba – ijtimoiy faollik kuni” doirasida tashkil etilgan ushbu galgi Speaking Club talaba-yoshlarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, erkin fikrlash va muloqot madaniyatini oshirishga qaratildi.