Qadrli talabalar!
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazriligi huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan talaba-yoshlar, ularning ota-onalari hamda oliygoh rahbariyati vakillari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlash, fuqarolar murojaatlarini tez va ijobiy hal qilish maqsadida @smarteduuzbot telegram boti ishlab chiqildi. Ushbu platformaga Respublikamizdagi barcha oliy ta’lim muassasalarining Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari (direktor o‘rinbosarlari), fakultet dekanlarining yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlari hamda jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari bilan ishlash bo‘yicha mas’ullarining aloqa uchun telefon raqamlari va fuqarolarni qabul qilish kunlari haqidagi ma’lumotlar joylashtirilgan. @smarteduuzbot telegram boti orqali murojaatlaringizni yo‘llab, sizni qiynayotgan muammo va kamchiliklarni bartaraf qiling.
