Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/10/2023
Chop etish
“El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali tashabbusi bilan 2023-yil 18-oktyabr kuni Jizzax viloyati oliy ta’lim muassasalari uchun “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan onlayn seminar bo‘lib o‘tdi.

Ushbu seminarda filialning talabalari, yosh tadqiqotchilari va doktorantlar ishtirok etishdi. “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ilg‘or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarda bakalavriat, magistratura doktoranturada ta’lim olish uchun 2023-yilgi 2-ochiq stipendiya tanlovi e’lon qilindi.

 

Tanlov 345 o‘ringa mo‘ljallagan bo‘lib, bakalavriat ta’lim dasturi uchun 22 o‘rin, magistratura uchun 193 o‘rin, doktorantura uchun 130 o‘rin stipendiyalar ajratiladi.

“El-yurt umidi” jamg‘armasi vakillari tomonidan ochiq stipendiya tanlovlarini o‘tkazish tartibi, ajratilgan kvotalar, ustuvor yo‘nalishlar, tanlovni tashkil etish mexanizmi hamda elektron hujjat topshirish platformasining ishlash tartibi to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tildi.


Ulashish:
1 036
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.