Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/10/2024
Chop etish
«El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiati, Buyuk Britaniyaning Sharqiy Angliya universiteti doktoranti Furqat Sharipov seminar o‘tkazdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari, magistrlari va doktorantlari ishtirok etgan Uchrashuvda xorijiy universitetlarga hujjat topshirish, «El-yurt umidi» jamg‘armasi ochiq stipendiyasi tanloviga tayyorgarlik jarayonlari haqida ma’lumotlar berildi.

Qizg‘in suhbat davomida talabalar, magistrlar va doktorantlar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob olishdi.

Ma’lumot o‘rnida, Furqat Sharipov quyidagi grantlar sohibi:
2017-2018 yillarda – Fullbright til o‘qitish dasturi bo‘yicha xorijiy stajirovka, Pensilvaniya universiteti;
2019-2020 yillarda – Chevening stipendiyasi, Exeter universiteti magistranti
2021-2022 yillarda- Markaziy Osiyo dasturi bo‘yicha xorijiy stajirovka, Jorj Vashington universiteti;
2023 yildan – «El-yurt umidi» jamg‘armasi stipendiati, Sharqiy Angliya universiteti doktoranti.

Ulashish:
978
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.