Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/04/2023
Chop etish
“El-yurt umidi” jamg‘armasi ochiq stipendiya tanlovlari tartibi bilan bog‘liq onlayn targ‘ibot seminari o‘tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Jizzax viloyati filiali tashabbusi bilan 2023-yil 13-aprel kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan onlayn seminar boʻlib oʻtdi.

Ushbu seminarda universitetning talabalari, yosh tadqiqotchilari, magistrlari va doktorantlari ishtirok etishdi. “El-yurt umidi” jamg‘armasi tomonidan ilg‘or xorijiy davlatlar nufuzli universitetlari va ilmiy markazlarda bakalavriat, magistratura doktoranturada ta’lim olish uchun 2023-yilgi 1-ochiq stipendiya tanlovi e’lon qilindi.

Tanlov 500 o‘ringa mo‘ljallagan bo‘lib, bakalavriat ta’lim dasturi uchun 75 o‘rin, magistratura uchun 275 o‘rin, doktorantura uchun 150 o‘rin stipendiyalar ajratiladi.

Seminarda “El-yurt umidi” jamg‘armasi vakillari tomonidan ochiq stipendiya tanlovlarini o‘tkazish tartibi, ajratilgan kvotalar, ustuvor yo‘nalishlar, tanlovni tashkil etish mexanizimi hamda elektron hujjat topshirish platformasining ishlash tartibi to‘g‘risida ma’lumot berib oʻtildi.


Ulashish:
1 416
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.