Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/09/2026
Chop etish
«Dynamical Days Jizzakh 2026»:mahorat darslari davom etmoqda

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi doirasida dinamik sistemalar, ergodik nazariya va matematik fizikaning zamonaviy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruza va amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda.

Mashg‘ulotlarda Loughborough University professori Wael Bahsoun tomonidan dinamik sistemalar, xaotik va regulyar dinamika, shuningdek, transfer operatorlarining xaotik dinamik sistemalarning statistik xususiyatlarini o‘rganishdagi qo‘llanilishi yoritildi.

 

University of Rome Tor Vergata professori Carlangelo Liverani ma’ruzalarida dinamik sistemalarning fizik masalalarga tatbiqi, Fon Neymanning ergodik teoremasi hamda ergodik o‘rtachalarning yaqinlashish tezligi kabi fundamental masalalar tahlil qilindi.


Ulashish:
46
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Dynamical Days Jizzakh 2026»:mahorat darslari davom etmoqda
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi doirasida dinamik sistemalar, ergodik nazariya va matematik fizikaning zamonaviy yo‘nalishlariga bag‘ishlangan ma’ruza va amaliy...
Jizzaxda «Dynamical Days Jizzakh 2026» xalqaro yozgi maktabi boshlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti hamda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi V.I. Romanovskiy nomidagi Matematika instituti hamkorligida «Dynamical Days Jizzakh 2026 — International Summer School on Dynamical...
JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...