Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/02/2025
Chop etish
“Dissertatsiya yozishda keng tarqalgan xatolar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.
JDPU Axborot resurs markazida Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagog kadrlar tayyorlash bo‘limi tomonidan tashkil etilgan seminarda universitet izlanuvchilari ishtirok etishdi.

Ushbu seminar-trening mehmoni siyosiy fanlari doktori, professor Jo‘raqulov Furqat Noryigitovich bo‘ldi. Ma’ruzachi o‘z so‘zida dissertatsiya yozishga kirishishdan oldin, nimalarga e’tibor qilish lozimligi, dissertatsiyaning kirish qismi engmas’uliyatli qismi bo‘lib unda, xuddi shaffof ko‘zgudagi kabi, uning eng yaxshi jihatlari, yangilik elementlari aks etishi kerakligini ta’kidladi.

Seminar davomida shuningdek. dissertatsiyaning boblari, reja tuzish va har bir qismni kichik-kichik qismlarga bo‘lib yozish kabi bir qator qoidalar haqida tushunchalar berildi. Savol-javoblar asosida o‘tgan seminar-trening ishtirokchilar uchun foydali ma’lumotlarga boy bo‘ldi.


Ulashish:
596
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.