Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/12/2024
Chop etish
«Diniy bag‘rikenglik ota-bobolarimizdan meros bo‘lgan milliy qadriyat» mavzusida davra suhbati tashkil qilindi.
Joriy yilning 30-noyabr kuni Maktabgacha ta’lim fakultetida “Diniy bag‘rikenglik ota-bobolarimizdan meros bo‘lgan milliy qadriyat” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda professor-o‘qituvchilar, tyutorlari, talaba-yoshlar qatnashdi.

«Dinlararo bag‘rikenglik g‘oyasi xilma-xil diniy e’tiqodga ega bo‘lgan kishilarning bir zamin, bir vatanda, oliyjanob g‘oya va niyatlar yo‘lida hamkor va hamjihat bo‘lib yashashini anglatadi. Dunyodagi dinlarning barchasi ezgulik g‘oyalariga asoslanadi, u halollik, tinchlik, yaxshilik va do‘stlik kabi bir qancha ezgu fazilatlarga tayanadi. Insonlarni halollik va poklik, mehr-oqibat, insonparvarlik va bag‘rikenglikka da’vat etadi.»-deydi yoshlar masalalari,ma’naviy-ma’rifiy ishar bo‘yicha birinchiprorektor S.Nazarqosimov

Mamlakatimizda bir yuz o‘ttizdan ortiq millat va elat vakillari yagona oila farzandlaridek ahil yashaydi. Ana shunday ko‘p sonli millat va elat vakillarining birgalikda, hamkor va hamjihat bo‘lib umr kechirishi natijasida ularning har biri ma’naviy va madaniy jihatdan boyib, o‘zaro munosabatlar ta’sirida ko‘p millatli xalqimizning turmush tarzi yanada yuksalmoqda.

Bir so‘z bilan aytganda, yurtimizda millatlararo va davlatlararo totuvlikni yanada mustahkamlashga qaratilgan ezgu islohotlar do‘stlik va hamjihatlik qo‘rg‘onining yanada mustahkam bo‘lishiga xizmat qiladi. Tadbirda mavzu doirasida mulohazalar tinglandi,mavzuga doir videolavhalar namoyish etilib, yig‘ilganlarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.


Ulashish:
851
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.