Raqamli ta’lim texnologiyalari markazi

Abdualimov Oxunjon Ulug‘bek o‘g‘li

Markaz boshlig‘i


Telefon raqami
Elektron pochtasi
hurshid1987@yandex.ru
Ish vaqti
Har kuni 08:30 – 16:30
Manzili
130100. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sharof Rashidov koʻchasi, 4.
Факультет

Asosiy funksiya va vazifalari

Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va rivojlantirish

  • Universitetning elektron ta'lim infratuzilmasini yaratish, rivojlantirish va modernizatsiya qilish.
  • Milliy elektron ta'lim tarmog'iga ulanish va undan samarali foydalanishni ta'minlash.
  • Masofaviy ta'lim tizimlari va platformalarini joriy etish.

Axborot tizimlari va tarmoqlarini boshqarish

  • Universitetning mahalliy va global tarmoqlarini boshqarish va texnik xizmat ko'rsatish.
  • Serverlar, kompyuterlar va boshqa AKT uskunalarini ish holatida saqlash.
  • Axborot tizimlarining uzluksiz ishlashini ta'minlash.

Texnik qo'llab-quvvatlash

  • O'quv jarayonida ishlatiladigan kompyuter va multimedia uskunalarini sozlash va yangilash.
  • Bo'limlarga texnik yordam ko'rsatish.
  • Uskunalarni ta'mirlash va texnik xizmat ko'rsatish.

Innovatsion loyihalarni amalga oshirish

  • Yangi ta'lim texnologiyalarini sinovdan o'tkazish va joriy etish.
  • Ilg'or dasturiy ta'minot va xizmatlarni integratsiyalash.
  • Xalqaro va milliy AKT loyihalarida ishtirok etish.

Ta'lim jarayonini texnologik qo'llab-quvvatlash

  • Elektron darsliklar, video ma'ruzalar, test tizimlari va boshqa raqamli resurslarni ishlab chiqish.
  • Ta'lim jarayonida zamonaviy raqamli texnologiyalardan foydalanishni kengaytirish.

Boshqa vazifalar

  • Vakolatli organlar va universitet rahbariyatidan berilgan topshiriqlarni bajarish.
  • O'z vazifalari doirasida boshqa qo'shimcha ishlarni bajarish.