Ilmiy innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘limi
Jumanov Otabek Xoshim o‘g‘li
Bo‘lim boshlig‘i
Telefon raqami
+998 91 566-32-23
Elektron pochtasi
jdpiok67@mail.ru
Ish vaqti
Har kuni 08:30 – 16:30
Manzili
130100. Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sharof Rashidov koʻchasi, 4.
Asosiy funksiya va vazifalari
Bo’limi vazifalari:
- O’rnatilgan tartibda o’qituvchi-professorlar, doktorantlar, talabalar hamda tegishli tashkilot mutaxassislarini budjet va budjetdan tashqari manbalar tomonidan moliyalashtiriladigan ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirishga hamda buyurtmachi universitet tomonidan taqdim qilinadigan xizmatlarga jalb qilish;
- Universitetning intellektual mulk obektlarini qonuniy ximoya qilish, shu bilan birga yangi loyiha ob’ektlarini ro’yxatdan o’tkazish hamda patentlashtirishga hujjat topshirish va rasmiylashtirish;
- Intellektual mulk ob’ekt avtorlari bilan tuzishga shartnoma talablari asosida xulosasini tayyorlash va uning amalga oshirishni nazorat qilish;
- Ilmiy tadqiqot faoliyati (ITF) natijalari, universitetda mavjud ishlanmalar bazasini shakllantirish, saqlash va olib borish, intellektual faoliyat natijalarini tekshirish, tahlil qilib borish;
- Innovatsion loyihalar va ilmiy tadqiqot faoliyati ITF natijalarining innovatsion, ilmiy-metodik hamda ilmiy-texnologik potensiallarini tekshirish, tahlil qilish va baholash;
- Raqobatbardosh ilmiy-texnik mahsulotlarni rivojlantirish va universitetning ilmiy xodimlarini qo’llab-quvvatlash, shu bilan birga intellektual faoliyatning natijalaridan amaliy foydalanish maqsadida xo’jalik obektlari bilan ta’minlash;
- Innovatsion loyihalarga biznes-rejalarini tayyorlash, raqobatdosh xavf va ustunliklarni baholash, IFT natijalarini qonuniy himoya qilishni ta’minlash va bo’lajak investorlarni izlash;
- Universitet o’rtasida intellektual mulk masalasiga tegishli tuzilgan xalqaro ilmiy-texnik hamkorlik, o’zaro faoliyat, tajriba almashish, ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish va boshqa shartnomalar bandlarini tayyorlash va nazorat qilish;
- Universitetning intellektual mulk obektlaridan noto’g’ri foydalanish holatlarini aniqlash va belgilangan tartibni bajarmasligi hamda yetkazilgan zararni qoplashga qaratilgan chora-tadbirlar taklifini rahbariyatga yetkazish;
- Universitetning intellektual mulk obektlaridan foydalanish va himoya qilish masalalari bilan bog’liq hujjatlarni tayyorlash.
Xodimlar
Jumanov Otabek Xoshim o‘g‘li
Bo‘lim boshlig‘i
