Yangiliklar
Yangiliklar
|
30/10/2025
Chop etish
“Debyut” to‘garagining navbatdagi yig‘ilishi S.Yeseninning 130-yilligiga bag‘ishlandi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti filologiya fakulteti rus tili va adabiyoti kafedrasi huzuridagi “Debyut” fan to‘garagining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Tadbir mashhur rus shoiri Sergey Yesenin tavalludining 130-yilligiga bag‘ishlandi.

Tadbirni kafedra o‘qituvchisi Kim O.A. ochib berdi. Tadbirda shoirning she’rlari o‘qib eshittirdi. Shuningdek, “Sergey Yeseninning hayoti va ijodi” mavzusida tayyorlagan taqdimotlar ishtirokchilarga namoyish etildi.

Filologiya fakulteti 3-kurs talabalari S. Yesenin she’rlariga bastalangan qo‘shiqlarni gitara jo‘rligida ijro etdilar. Tadbir davomida Kim O.A. tomonidan adabiy tanlov o‘tkazildi. Faol ishtirok etgan talabalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

Yig‘ilish yakunida ishtirokchilar O. Mityayevning “Qanchalik ajoyib, biz bugun shu yerda jam bo‘ldik” qo‘shig‘ini birgalikda ijro etishdi. Tadbir samimiy ruhda, adabiyot va ijodga bo‘lgan mehrni yanada mustahkamlovchi tarzda yakunlandi.


Ulashish:
1 444
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...