Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/11/2023
Chop etish
«Debyut» fan guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

2023-yil 9-noyabr kuni Rus adabiyoti va uni o‘qitish metodikasi kafedrasi “Debyut” fan to‘garagining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu yig‘ilishda Ta’limga texnologik yondashuvning mohiyati, Hamkorlik texnologiyasidan foydalangan holda kichik guruhlarda ishlash kabi masalalar muhokama etildi. An’anaga ko‘ra, davra yig‘ilishi Bulat Okudjavaning «Uzum urug‘i» qo‘shig‘i bilan boshlandi.To‘garakni tashkil etish va o‘tkazishda rus tili va adabiyoti fakulteti murabbiylari A.K.Hasanov va B.U.To‘rayevalar faol ishtirok etishdi.

Tadbirga Qozon Federal universitetining Jizzax shahridagi filialining “Jurnalistika” yo‘nalishi talabalari taklif etildi. Tadbir ni tashkil etishdan maqsad talabalar Jamoada ishlash, ijtimoiy ko‘nikmalar va o‘z nuqtayi nazarini himoya qilish qobiliyatiga ega bo‘lishni shakllantirishdir. Talabalar olingan bilim va ko‘nikmalardan “4+2” dasturi bo‘yicha o‘quv amaliyoti davomida foydalanishlari mumkin. To‘garak yig‘ilishi an’anaviy “Bugun hammamiz yig‘ilganimizdan xursandmiz” qo‘shig‘i bilan yakunlandi.

Ayni paytda «Debyut» to‘garagini professor O.A.Kim boshqarib bormoqda


Ulashish:
791
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.