Yangiliklar
Yangiliklar
|
09/10/2025
Chop etish
Chirchiq va Jizzax DPU hamkorligi — ta’limda yangi istiqbollar sari.

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim sohasidagi “Yangi istiqbollar” loyihasi doirasida Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetining bir guruh o‘qituvchilari Chirchiq davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurishdi.

Ushbu tashrif doirasida ikki universitet o‘rtasida ta’lim tizimini yanada rivojlantirish, ilmiy hamkorlikni kuchaytirish va tajriba almashish bo‘yicha qator amaliy masalalar muhokama qilindi.

Chirchiq va Jizzax davlat pedagogika universitetlari o‘rtasidagi bu samarali hamkorlik, shubhasiz, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim tizimida innovatsion yondashuvlarni joriy etish, shuningdek, raqobatbardosh va yuqori malakali kadrlar tayyorlashga katta hissa qo‘shadi.

Bu tashrif ikki ta’lim muassasasi o‘rtasidagi do‘stona aloqalarni mustahkamlab, ta’lim sifatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim qadam bo‘ldi.


Ulashish:
1 727
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.