Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/09/2023
Chop etish
Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti professorlari Xorijiy tillar fakultetida 

Xabaringiz bor, universitetga Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti professorlari Dr. Stephen Corbett hamda Dr. Marjorie Huet Martinlar tashrif buyurdi. Professorlar universitet rektori bilan uchrashuvdan so‘ng Xorijiy tillar fakultetiga tashrif buyurdi.

Dastlab Xorijiy tillar fakulteti dekani professor A.Mamatov bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida fakultetga Portsmud universiteti professorlarini maʼruzalar o‘tishga jalb etish bo‘yicha, talabalar almashinuvi, o‘zaro hamkorlikda konferensiyalar, seminarlar tashkil etish, Portsmut universitetlari professorlari bilan o‘zaro hamkorlikda maqolalar, ilmiy tadqiqot ishlarini olib borishga kelishib olishdi.

Shundan so‘ng Portsmutlik professorlar Fakultetda yaratilgan shart-sharoitlar bilan tanishdi va Fakultet professor-o‘qituvchilari, magistrantlari va talabalari uchun “Education System of the United Kingdom” (Buyuk Britaniyada taʼlim tizimi), “Educational Programs and Professional Development Courses of the Portsmouth University” Portsmud universitetida taʼlim dasturlari va malaka oshirish kurslari) mavzularida maʼruzalar tashkil etishdi. Seminar davomida professor-o‘qituvchilar, magistrlar, talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi va kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha kelishib olishdi.


Ulashish:
826
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...