Yangiliklar
Yangiliklar
|
04/03/2025
Chop etish
Buyuk Britaniyaning Portsmut Universiteti professorlari JDPUda
Jizzax davlat pedagogika universiteti xorijiy hamkorlikni mustahkamlash masalasi bo‘yicha ko‘plab xorijiy mamlakatlarning nufuzli universitetlari bilan faoliyatni yo‘lga qo‘ygan. Oliygoh ayni kungacha juda ko‘plab xorijiy OTM lar bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatishga erishdi.

Universitetga 3-4 Mart kunlari Britaniya Kengashining AELLCA loyihasi doirasida Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti professorlari Dr. Peter Watkins hamda Dr. Gulsah Kutuklar tashrif buyurdi. Dr. Peter Watkins va Dr. Gulsah Kutuk, universitet Kichik majlislar zalida universitet rektori Sh.S.Sharipov bilan uchrashuv chog‘ida tashrifdan ko‘zlangan maqsadlarga to‘xtalib o‘tishdi.        

Tashrifdan maqsad o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish orqali kelgusida universitetlar o‘rtasida o‘zaro professor-o‘qituvchilar, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, Portsmut universitetida talabalar uchun amaliyot darslari tashkillashtirish, talabalar almashinuvini yo‘lga qo‘yish, JDPU talabalari uchun ma’ruzalar tashkil etish, Onlayn va offlayn konferenisyalarda o‘zaro ishtirok etish. Tomonlar o‘zaro hamkorlikning kelgusidagi rejalarni, takliflarni muhokama qilishdi. O‘zaro muloqot jarayonida ikki yurt oliy o‘quv yurtlari o‘rtasida talaba va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, Portsmut universiteti tajribali professor-o‘qituvchilarning ma’ruzalarini, darslarini tashkil etish, qo‘shma ta’lim dasturlari, ilmiy izlanishlar olib borayotgan yosh olimlarning hamkorlikda ilmiy-tadqiqot olib borishlari borasida bir qator takliflar o‘rtaga tashlandi. Uchrashuv so‘ngida ikki davlat Oliy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi hamkorlikni yangi bosqichga ko‘tarish, shu bilan birga, taklif va mulohazlarni o‘rganib har bir yo‘nalish bilan alohida hamkorlik tashkil etishga kelishib olindi. Uchrashuv so‘ngida universitet rektorining Portsmut universiteti professorlariga esdalik sovg‘alari topshirildi. Ushrashuvdan so‘ng professorlar Xorijiy tillar fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun ma’ruzalar o‘tishdi.


Ulashish:
668
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.