Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/11/2025
Chop etish
Buxoro davlat pedagogika institutida prorektorlar kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda

Bugun, 29-noyabr kuni, Buxoro davlat pedagogika institutida pedagogika yo‘nalishidagi oliy ta’lim muassasalari Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari kengashining 4-sonli yig‘ilishi o‘z ishini boshladi.

Yig‘ilishda mamlakatimizdagi 13 ta pedagogikaka ixtisoslashgan oliy ta’lim muassasalarining ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektorlari ishtirok etmoqda. Ular qatorida Jizzax davlat pedagogika universiteti prorektori Anora Jabborova ham faol ishtirok etmoqda. Shuningdek, pedagogika OTMlarining ilmiy bo‘lim rahbarlari ham tadbirda ishtirok etmoqda.

Uchrashuv doirasida Buxoro davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Ma’murov Bahshulloyevich prorektorlar bilan alohida muloqot olib bordi. Suhbat davomida institutning kelgusidagi strategik rivojlanishiga oid ustuvor vazifalar belgilab olindi.

Xususan, quyidagi masalalar atroflicha muhokama qilindi:

  • ilmiy tadqiqotlar natijalarini amaliyot va ta’lim jarayonlariga tatbiq etish;

  • ilmiy kadrlar salohiyatini oshirish va malakali yosh tadqiqotchilarni tayyorlash;

  • innovatsion ishlanmalarni tijoratlashtirish bo‘yicha taklif va tashabbuslarni joriy etish.

Shu bilan birga, mavjud ilmiy loyihalarni amaliyotga joriy qilish, hamkor tashkilotlar bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash va yangi ilmiy tashabbuslarni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muhim takliflar ilgari surildi.


Ulashish:
1 849
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...