Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/06/2023
Chop etish
Bugun yurtimizdagi 16 ta shahar “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” umumiy yagona shiori ostida birlashdi.

25-iyun kuni respublikaning 16 ta shahrida Yoshlar kuni munosabati bilan Yangi nafas xalqaro ommaviy yugurish musobaqasi va Vatan qalqoni harbiy-vatanparvarlik ommaviy yugurish musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Yangi nafas xalqaro ommaviy yugurish musobaqasida Xalqaro Olimpiya kunini (Olympic Day) nishonlash munosabati bilan bir milyaga teng ramziy masofaga ommaviy yugurishlar  ham tashkil etildi. Jizzaxda bo‘lib o‘tgan marafonda yuguruvchilar 3 km masofada musobaqalashishishdi. Respublikaning 16 ta shahri “Bir vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda – birga yuguramiz!” umumiy yagona shiori ostida birlashdi

Sport tadbiri Ishtirokchilari  uchun start ertalab soat 6:00 da berildi. 2000 ga yaqin yoshlarni qamrab olgan tadbirda Jizzax davlat pedagogika universitetining talaba yoshlari ham ishtirok etishdi. Quvonarlisi musobaqada universitetning Jismoniy madaniyat fakulteti 1-bosqich talabasi Abduqayumov Shahobiddin Olimjon o‘g‘li faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.


Ulashish:
1 395
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.