Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/04/2024
Chop etish
“Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Universitet talabalari va bitiruvchilarini ish bilan ta’minlash va ish beruvchilar bilan bevosita uchrashuvlarni tashkil etish maqsadida Jizzax viloyati hokimligi, hamkor tashkilotlar hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti tashabbusi bilan “Bo‘sh ish o‘rinlari” mehnat yarmarkasi o‘tkazildi.

Yarmarkada Universitet bitiruvchilarining potensial ish beruvchilari hisoblangan Jizzax viloyat maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi, Jizzax viloyat oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi, Jizzax viloyat sport boshqarmasi hamda Jizzax viloyat madaniyat boshqarmasidan ish beruvchilar tashrif buyurishdi.

Shu bilan birga yarmarkada viloyatdagi bevosita ehtiyojlari mavjud bo‘lgan maktab direktorlari ham ishtirok etishdi va universitet bitiruvchilari bilan uchrashishdi va kelishuvga erishishdi.

Yarmarkaga 2023-2024 o‘quv yilida universitetni kunduzgi bo‘lim bakalavriat ta’lim yo‘nalishlarini tamomlashi kutilayotgan 3039 nafar talaba taklif etildi va ishga joylashishga ehtiyoji mavjud bo‘lgan talabalar yarmarkada ishtirok etishdi.


Ulashish:
1 614
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.