Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

BO‘LAJAK O‘QITUVCHILARNING KASBIY O‘ZINI O‘ZI TAKOMILLASHTIRISHNING  IJTIMOIY-PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI

Shakarboeva Shaxnoza Abdulakimovna Jizzax davlat pedagogika universiteti Umumiy psixologiya kafedrasi o‘qituvchisi Annotatsiya: Mazkur maqola bo‘lajak o‘qituvchilarda o‘z ustida ishlash faoliyatini tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik jihatlari mavzusiga bag‘ishlangan. Shuningdek, maqola matnida pedagogik faoliyatda o‘z ustida ishlash qobiliyatiga ta’sir etuvchi psixologik asoslar, ijtimoiy psixologik determenantlari, o‘qituvchilarda shakllangan kasbiy motivlar, tolerantlilik va empatik qobiliyatlar kabi masalalar ham keng yoritilgan. Kalit so‘zlar: O‘qituvchi, ta’lim, pedagogik faoliyat, o‘z ustida ishlash, tolerantlik, empatik qobiliyat, muvaffaqqiyat motivlari, bilim, malaka, kasb, o‘z-o‘zini rivojlantirish. Annotatsiya: Statya posvyaщena sotsialno-psixologicheskim aspektam razvitiya sposobnosti k samorazvitiyu u buduщix uchiteley. V state takje rassmatrivayutsya takie voprosы, kak psixologicheskie osnovы, sotsialno-psixologicheskie determinantы, professionalnыe motivatsii, sformirovannыe u uchiteley, tolerantnost i empaticheskie sposobnosti, vliyayuщie na sposobnost rabotat nad soboy v pedagogicheskoy deyatelnosti. Klyuchevыe slova: uchitel, obrazovanie, pedagogicheskaya deyatelnost, samosovershenstvovanie, tolerantnost, empaticheskaya sposobnost, motivы uspexa, znaniya, umeniya, professiya, samorazvitie. Annotation: The article is devoted to the socio-psychological aspects of the development of the ability for self-development in future teachers. The article also discusses issues such as psychological foundations, socio-psychological determinants, professional motivations formed by teachers, tolerance and empathic abilities that affect the ability to work on oneself in pedagogical activity. Key words: teacher, education, pedagogical activity, self-improvement, tolerance, empathic ability, motives of success, knowledge, skills, profession, self-development. Bo‘lajak pedagoglarning kasbiy tayyorgarligiga nazariy, amaliy, metodik yondashish hamda maxsus  tayyorlashning shartlari va uning metodikalarini takomillashtirish, bo‘lajak pedagog xodimlarning muvaffaqqiyati uchun zarur bo‘ladigan kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalar, mustaqil ishlay olish qobiliyati kabilarni aniqlash masalalari  hozirgi zamon asosiy muammosidir. Shu bois, muvaffaqqiyatli, ijodkor  o‘qituvchilarga xos o‘z ustida ishlash faoliyatini tarbiyalashning ijtimoiypsixologik jihatlarini aniqlash va uni baholash ilmiy ahamiyat kasb etib, psixologik bilimlar tizimini modernizatsiyalash, uni jamiyat talablariga integratsiyalash, shuningdek, o‘z ustida ishlash qobiliyatini tarbiyalashning psixologik shart-sharoitlarini tadqiq etishga qaratilgan yangi psixodiagnostik metodikalarni joriy etish, ilm–fan taraqqiyotida talaba yoshlar faolligini oshirish hamda ularning intellektual salohiyatini oshirishga xizmat qiluvchi, ilg‘or innovatsion mexanizmlarni ishlab chiqishni taqozo etmoqda. Shuningdek, o‘z ustida ishlash faoliyatini tarbiyalashning ijtimoiy-psixologik jihatlarini tadqiq etish ishlarida avvalo, ilg‘or psixodiagnostik metodikalar va savolnomalarning rolini oshirish, muammoga oid metodik ta’minotni  modernizatsiyalash, yangi innovatsion yondashuvlarga asoslangan mahalliy metodikalar va shaxs so‘rovnomalarini joriy etish va uni yangi sifat darajasiga ko‘tarishni talab etmoqda. O‘kituvchi o‘z-o‘zini tarbiyalashi uchun, avvalo o‘zini atroflicha chukur o‘rganishi, o‘z ishidagi yutuk va kamchiliklarni ko‘ra olishi kerak. O‘z-o‘zni o‘rganish va boshka kishini anglash uchun xam zarurdir. Boshka yutuklarni o‘rganmay, o‘zini boshqalar bilan qiyos qilmay turib, o‘zini shaxs sifatida o‘rganish mumkin emas. O‘zini anglash, o‘zini baholash xususiyati boshqa kishilar bilan munosabat protsessida, birgalikdagi faoliyat vaqtida tarkib topadi. Pedagogik vazifasi-faqat irodaviy fazilatlar doirasini ko‘rsatib berishdan, ularning muhim ahloqiy prinsplari bilan ichki aloqasini ochib berishdan tashqari o‘z irodasini o‘zi tarbiyalashga intiluvchi o‘quvchiga yordam berish, irodaviy fazilatlarni rivojlantirishning qanday usullari kam samarador va qaysi birlari jiddiy yordam bermasligini ko‘rsatishdan iboratdir. Eng avvalo o‘kituvchi o‘zida pedagogik kobiliyatning kanday xislatlari borligini o‘rganishi kerak. Pedagogik faoliyatga muxabbati yuksak o‘kituvchi ishga chin ko‘ngildan berilib ishlaydi, xech kanday formalizmga yo‘l ko‘ymaydi. O‘z kasbini sevgan o‘kituvchi doimiy ravishda g‘oyaviy-siyosiy saviyasini oshirish va bilim doirasini kengaytiradi, o‘z predmetini chukur bilish ustida qunt bilan ishlaydi. Ma’lumki, insoniyat kamolotga chorlovchi imkoniyatlari shunchalik ko‘pki, ularga erishish maqsadlari intilishida sabr-toqat bilan o‘z ustida ishlash orqali erishishi mumkinligini tarixiy o‘z-o‘zini tarbiyalashni o‘z oldiga sharafli vazifa kilib belgilashi lozim. Rus pedagogi A.B. Lunacharskiy: “Pedagog o‘zida insoniyat idealini shakllantirishi lozim”-degan edi. Aynan insoniyatning go‘zal fazilatlarini o‘zida shakllantirish har bir pedagogning kasbiy tayorgarligining poydevorini tashkil etadi. Ushbu poydevorda pedagogning kasbiy mahorati o‘z ustida ishlash tufayli kundan-kunga o‘sib borishi mumkin. O‘z-o‘zini tarbiyalash tashabbuskorlik va mustakillikka undaydi. O‘z shaxsiy fazilatlarini tahlil kilishga, hatti-harakatlarini o‘ylashga o‘rgatadi. O‘z-o‘zini nazorat qilish uchun o‘zining yurish-turishi, intizomi, ijobiy odatlarining ortib borishi va aksincha, salbiy odatlarining kamayib borishini kuzatib boradi. O‘z-o‘zini baholash o‘qituvchini, o‘z imkoniyatlarini baholashda, o‘zidan qoniqish hosil qilishda yordam beradi. O‘kituvchi o‘z-o‘zini tarbiyalash bilan birga o‘z ustida tinmay ishlab, o‘zining g‘oyaviy-siyosiy ongini doimiy ravishda o‘stirib va pedagogik mahoratini takomillashtirib boradi. Ilg‘or o‘qituvchi hamma vaqt pedagogika sohasidagi yangiliklarni bilishga intiladi, boshqa o‘qituvchilarning tajribalaridan foydalanishga hamda o‘z shaxsiy tajribalaridan foydalanishga, hamda o‘z shaxsiy tajribalarini umumiylashtirishga harakat kiladi. Agar shaxs izlansa, o‘z qobiliyatlari ustida ishlasa, o‘zidagi yaxshi fazilatlarni kamol toptirsa, uning obro‘si, mavkei ham shu darajada yuksaladi va doimo el nazarida bo‘ladi. O‘kituvchi o‘zida kuzatuvchanlikni, g‘amho‘rlikni tarbiyalashi lozim. O‘kituvchining mustaqil bilim egallashi va malakasini oshirishi zaruriy shartlardandir. Shark mutafakkirlari o‘qituvchi o‘zi o‘qib tursagina – o‘qituvchi bo‘la oladi, agar o‘qishni to‘htatib quyar ekan, unda ukituvchilik ham so‘nadi, deb haqqoniy aytganlar. Bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy o‘zini o‘zi takomillashtirish motivatsiyasi – bu mutaxassislarning kasbiy o‘zini o‘zi takomillashtirish jarayonini belgilaydigan, yo‘naltiradigan va tartibga soladigan barcha motivlar va shart-sharoitlar majmuidir. Demak, bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy o‘zini o‘zi rivojlantirish motivini belgilaydigan munosabatlar tizimi uchta mezonni o‘z ichiga oladi: 1) shaxsning o‘z kasbiy faoliyatiga munosabatini; 2) o‘ziga mutaxassis sifatida munosabatini; 3) kasbiy sohada o‘zini takomillashtirishga bo‘lgan munosabatini. Muammoga doir, nazariy ma’lmuotlar tahlili shuni  tasdiqlaydiki,bo‘lajak o‘qituvchilarning kelajakdagi muvaffaqqiyatli faoliyatiga quyidagi omillar to‘siq bo‘ladi: – O‘z-o‘zini anglashning psixologik mexanizmlarini bilmaslik; – Kasbiy o‘zini o‘zi takomillashtirish jarayonining mazmuni, tuzilishi va mantig‘ini bilmaslik; – O‘z-o‘zini rivojlantirishning asosiy usullari va metodlarini bilishning etishmasligi; – Ta’limga psixologik tayyor bo‘lmaslik, yangilikdan qo‘rqish, tanqid qilish istagining yo‘qligi va shaxsning rivojlanishidagi qiyinchiliklar; – Shaxsiy o‘zini o‘zi rivojlantirishning aniq vazifalarini hal qilishda tajribaning etishmasligi. Yuqoridagi omillarni bartaraf etishning yana bir muhim sharti bu o‘qituvchilar faoliyatini rag‘batlantirishdir. Chunki, tadqiqotlarda o‘z ishiga munosabat bildirmaydigan odam vaqt o‘tishi bilan unga qiziqishni yo‘qotishi isbotlangan. O‘z ustida ishlash faoliyatini yanada kuchaytirishning ikki usuli mavjud ya’ni  ijobiy (mukofot) va salbiy (jazo).  Xulosa qilib shuni aytish mumkinki,  oliy ta’limda faol usullardan foydalanish, yuqori malakali mutaxassislarni tayyorlashning zaruriy sharti bo‘lib, ijobiy ko‘plab natijalarga olib keladi.  Shu bilan birga, bunday shart-sharoit bo‘lajak o‘qituvchilarni  faol o‘quv-bilish faoliyatiga jalb qilish orqali bilim, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga keng imkon beradi. Oxir -oqibat sohaga oid barcha ma’lumotlar talabalarning shaxsiy bilimlariga aylanadi. Adabiyotlar.
  1. G‘oziev E.G‘. Oliy maktab psixologiyasi. -T.: Ukituvchi, 1997. – 197 b. B.Qodirov “Kasb tanlashga tayyorgarlikning psixologik jihatlari va kasbiy tashxis” Toshkent, 2001. – 36 b.
  2. Ushinskiy K. D. Izbrannыe pedagogicheskie sochineniya/Chelovek kak predmet vospitaniya. Opыt pedagogicheskoy antropologii (1861). — M.: Izd-vo Akademii nauk RSFSR, 1945. — S. 475.
1.Abdulakimovna, S. S. (2021). TEACHERS SELF-DEVELOPMENT AS A CRITERION FOR INCREASING PROFESSIONAL COMPETENCE. World Bulletin of Social Sciences3(10), 58-60. 2.Shakarboyeva S. BO‘LAJAK O‘QITUVChILARDA O‘Z USTIDA IShLASh FAOLIYaTINI TARBIYaLAShNING IJTIMOIY-PSIXOLOGIK JIHATLARI //Jurnal Pedagogiki i psixologii v sovremennom obrazovanii. – 2022. – T. 2. – №. 6.
  1. Abdulakimovna S. S. Socially Psychological Education of Self-Development Skills in Future Teachers Functions //International Journal of Discoveries and Innovations in Applied Sciences. – 2021. – T. 1. – №. 5. – S. 231-235.