Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/05/2026
Chop etish
“BOJALAR” — 2026-YIL CHEMPIONI

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining 2026-yilgi mavsum final bosqichi yuqori saviyada tashkil etildi. Unda Filologiya fakultetining “United”, Tabiiy fanlar fakultetining “Bojalar” hamda Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetining “Shaddod qizlar” jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Tanlovning dastlabki ikki sharti davomida “Shaddod qizlar” jamoasi yuqori natijalar bilan peshqadamlikni saqlab kelgan bo‘lsa, hal qiluvchi uchinchi shartda Tabiiy fanlar fakultetining “Bojalar” jamoasi eng yuqori ballni qo‘lga kiritib, keskin va murosasiz kechgan bahslar yakunida “Quvnoqlar va zukkolar” ko‘rik-tanlovining 2026-yilgi mavsum chempioniga aylandi hamda musobaqa kubogini qo‘lga kiritdi.

Final bosqichi davomida barcha jamoalar o‘zlarining ijodkorligi, sahna madaniyati, hozirjavobligi va jamoaviy hamjihatligini namoyon etib, tomoshabinlarga ko‘tarinki kayfiyat ulashdilar. Tanlov yakunida g‘olib va faol ishtirokchilar munosib taqdirlandi.


Ulashish:
592
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...