Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/12/2022
Chop etish
Biz sen bilan bir safdamiz

JDPUda bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.
3- dekabr Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan Pedagogika va psixologiya fakulteti tomonidan  «Biz sen bilan bir safdamiz» shiori ostidagi xayriya konsert tadbiri bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni ochib bergan  fakultet dekani Iroda To‘raqulova atrofimizdagi insonlarning salomatligiga befarq bo‘lmaslik, aqlan va jismonan nuqoni bor insonlar g‘amxo‘rlik  qilish insoniy burchimiz ekanligi ta’kidladi  Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan tadbirga  32-sonli maxsus maktab internati , viloyat ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi maxsus maktab internati o‘quvchilari, kar bolalar maxsus maktab internati 5-sonli maxsus maktabgacha ta’lim muassasasi tarbiyalanuvchilari taklif etildi.

 

Yig‘ilganlar dastlab sahnaviy ko‘rinishlardan iborat musiqiy dasturni tomosha qilishdi. Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga sovg‘alar ulashildi.

 


Ulashish:
1 179
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan...
“Rahbar faoliyati va mahorati” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Uchinchi kun.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy...