Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/02/2023
Chop etish
“Biz birmiz va birgalikda kuchmiz” JDPU “Volontyorlar klubi” ana shu shior ostida harakatlanmoqda.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 15-martdagi “Nuroniylarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning turmush darajasini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risidagi”gi PQ-167-sonli qarorining 3-ilovasi 5-bandida  O‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalarni ma’naviy-ruhiy hamda psixologik qo‘llab-quvvatlash maqsadida joylardagi davlat organlari va muassasalarining malakali psixologlari, faol yoshlardan iborat bo‘lgan volontyorlik guruhlarini shakllantirish. Ushbu guruhlar tomonidan har oyda kamida bir marotaba o‘zgalarning parvarishiga muhtoj bo‘lgan yolg‘iz keksalar va yolg‘iz yashaydigan keksalarning holidan xabar olish  vazifasi belgilangan. Ana shu bandning ijrosini ta’minlash maqsadida Jizzax davlat pedagogika universiteti “Volontyorlar klubi”  hamda Pedagogika va psixologiya fakulteti  hamkorlikda Zomin tumani Achchi qishlog‘iga yo‘l olishdi. Manzilga yetib borgan talaba yoshlarimiz 3 ta  guruhlarga bo‘lingan holda ish yuritishadi.

Volontyor talaba yoshlarning bir qismi  maxalla ahli, yosh oilalar, maxalla faollari, ko‘cha oqsoqollari bilan” Aholi bilan ishlashda psixologik bilim va muloqat madaniyatining o‘rni” mavzusida suhbatlar  o‘tkazish bilan bir qatorda yolg‘iz keksalar, imkoniyati cheklanganlar holidan xabar olishadi, qolgan guruhlar esa mahalladagi umumta’lim maktablarining yuqori sinf o‘quvchilari bilan mahorat darslari va turli davra suhbatlarini tashkil qilishadi. “Volontyorlar klubi”ning Achchi qishlog‘ida o‘tkazgan ma’naviy- ma’rifiy tadbirlari kun davomida yoritib boriladi.


Ulashish:
1 008
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...