Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/04/2022
Chop etish
“Biz birgamiz” aksiyasi davom etmoqda…

Xabaringiz bor Jizax davlat pedagogika instituti “Biz birgamiz” shiori ostida xayriya tadbirlarini o‘tkazib kelmoqda. Ikki yildan beri an’anaga aylanib ulgurgan ushbu tadbirlar davomida viloyatimizdagi tug‘ma nogironligi bor bolajonlar holidan xabar olinib ularga dori darmonlar va sovg‘alar ulashiladi. Navbatdagi tadbir Sharof Rashidov tumani xokimligi “Sog‘lom avlod uchun”xalqaro xayriya fondi tayanch punktida bo‘lib o‘tdi. Institutning Rus tili va adabiyoti fakulteti bilan hamkorlikda o‘tkazilgan xayriya tadbirida 18 nafar imkoniyati cheklangan, tug‘ma nogironligi bor bolajonlar ishtirok etishdi. Tadbirni tuman hokimi M.Xolbo‘taev ochib berdi. Ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan tadbirda tuman hokimligi hamda homiylar tomonidan bolajonlarga o‘zlari ehtiyoji bo‘lgan buyumlar, dori darmonlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.


Ulashish:
1 655
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.