Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/05/2025
Chop etish
Bitiruvchilar bilan uchrashuvlar davom etmoqda.
Navbatdagi uchrashuv xorijiy tillar fakulteti bitiruvchi talabalari ishtirokida o‘tdi.

Jizzax viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining xorijiy tillarni o‘qitish shu’basi boshlig‘i hamda ingliz tili va adabiyoti o‘qituvchilariga ehtiyoji bo‘lgan Zafarobod, Yangiobod, Zarbdor, Paxtakor, Forish tumanlaridan tashrif buyurishgan maktab direktorlari bilan Jizzax Davlat pedagogika universiteti xorijiy tillar fakulteti bitiruvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda bitiruvchilar bandligini ta’minlash sohasida yaratilayotgan imkoniyatlar, xalqaro grantlar bilan ishlash, lavozimlarga tashkil etilayotgan ochiq tanlovlar, El-yurt umidi jamg‘armasi stipendiyasi tanlovlarida ishtirok etish tartiblari haqida ma’lumotlar berildi.

Tashrif buyurganlar o‘zlaridagi bo‘sh ish o‘rinlari to‘g‘risida bitiruvchilar bilan gaplashishdi va o‘zaro kelishuvlarga erishishdi.

Uchrashuvda shu bilan birga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi “Oliy ta’lim tashkilotlari bitiruvchilarining ishga joylashishiga ko‘maklashish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 61-son Qarorining mazmun-mohiyati tushuntirildi.


Ulashish:
1 545
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.