Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/06/2024
Chop etish
Bitiruvchilar bilan uchrashuv o‘tkazildi.

JDPU madaniyat saroyida universitetning 2023-2024 o‘quv yili bitiruvchilari bilan universitetning asosiy ish beruvchilari o‘rtasida uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda universitet rektori Sh.Sharipov, Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i S.Suyarova va boshqarma boshqaruv apparati, Jizzax viloyatining barcha tumanlari maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshliqlari va ularning inson resurslarini boshqarish bo‘limi (xodimlar bo‘limi) boshliqlari qatnashishdi.

Uchrashuvda dastlab universitet rektori Sh.Sharipov so‘z olib, bu uchrashuvning bugungi kundagi ahamiyati haqida bitiruvchi kurs talabalanriga murojaat qildi va shu bilan birga yig‘ilishga kelgan mehmonlarga ishtiroki uchun minnatdorchilik bildirdi.

Shundan so‘ng Jizzax viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i S.Suyarova so‘zga chiqib, bugungi kundagi maktab o‘qituvchilariga Prezidentimiz tomonidan yosh avlodga ta’lim berishlari uchun qo‘yilayotgan talabalar, ularga berilayotgan imkoniyatlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berib o‘tdi. Shu bilan birgalikda bugungi kunda Maktabgacha va maktab ta’limi vairligi tomonidan tizimida o‘qituvchilarni ishga olishda shaffoflikni yo‘lga qo‘yish va bilmli xodimlarni saralab olish borsida ish.uzedu.uz platformasi ishga tushirliganligini va uning qulayliklari va ishlash prinsiplarini bitiruvchilarga tushintirib o‘tdi.

Uchrashuvda fakultet dekanlari, tumanlardan kelgan bo‘lim boshliqlari ham so‘zga chiqishib o‘zaro fikr almashishdi. Shu  bilan birga talabalar ham mas’ullarga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi va tegishli javoblarni olishdi.


Ulashish:
1 906
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.