Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/12/2023
Chop etish
“Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” shiori ostida tadbir tashkil etildi.

“Bir ziyoli – bir mahallaga ma’naviy homiy” shiori ostida, Yangi taxrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi hamda beshta muhim tashabbusga  bag‘ishlab Baxmal tumani » Nushkent » MFY bilan hamkorlikda tadbir tashkil etildi.

Maktabgacha ta’lim fakulteti tumandagi 12,26,70-umumta’lim maktab o‘qituvchilari va o‘quvchilari, mahalliy aholi vakillari ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirlar juda qiziqarli tarzda o‘tkazildi.

Ishtirokchilar  “Zakovat” intellektual o‘yinida Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi bo‘yicha savollarga javob topishgan bo‘lsa, badiiy asar shinavandalari  “Kitobxonlik” tadbirida o‘qigan asarlari bo‘yicha bahs-munozaraga kirishishdi.

Sportning futbol,voleybol,shaxmat-shashka, stol tennisi turlari bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqalar ham ishtirokchilarni befarq qoldirmadi. G‘oliblar taqdirlandi.Umumta’lim maktablarini bitirayotgan bitiruvchi sinf o‘quvchilari bilan o‘tkazilgan davra suhbatida, o‘quvchi yoshlar kelajakda egallamoqchi bo‘lgan kasblari va orzulari haqida so‘zlab berishdi.

Tadbir so‘ngida g‘olib va sovrindorlar, faol ishtirokchilar diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishdi. O‘quvchilarga badiiy qism namoyish etildi.


Ulashish:
1 198
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.