Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/10/2025
Chop etish
“Besh tashabbus olimpiadasi”: Navbatda — Filologiya fakulteti.

Talaba yoshlarni sportga jalb etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda yoshlar orasidan bo‘lajak sportchilarni kashf etish maqsadida o‘tkazib kelinayotgan an’anaviy “Besh tashabbus olimpiadasi”ning navbatdagi bosqichi Filologiya fakulteti tomonidan tashkil etildi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida fakultet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. So‘zga chiqqanlar olimpiadaning ahamiyati haqida to‘xtalib, talaba-yoshlarni doimo faol, tashabbuskor, intiluvchan bo‘lishga va g‘alaba uchun kurashishga chorladilar.

Musobaqalar doirasida futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat kabi turli sport yo‘nalishlari bo‘yicha bellashuvlar tashkil etildi. Qizg‘in va dramatik tarzda kechgan o‘yinlarda talaba-yoshlar o‘z mahorat va chirayli o‘yin uslubini namoyish etishdi.

Filologiya fakulteti talabalari nafaqat bilimda, balki sportda ham oldingi safiga chiqishga intilmoqdalar. Olimpiada davomida g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ular maxsus diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlanishi belgilandi.


“Besh tashabbus olimpiadasi” nafaqat yoshlarni sportga qiziqtirish, balki ularda jamoaviylik, birdamlik va do‘stona muhitni shakllantirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
2 149
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.