Brifinglar
Brifinglar
|
28/03/2019
Chop etish
Belorussiyaning BARGU (Baranovichi davlat universiteti) va JDPI o‘rtasida onlayn video muloqot o‘tkazildi

2019 yilning 19 mart kuni Bargu va JDPI o‘rtasida pedagogika, psixologiya va maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha qo‘shma loyiha xususan ikki tomonlama diplom berish bo‘yicha onlayn video muloqot o‘tkazildi deb xabar qiladi JDPI matbuot kotibi.  Onlayn video muloqotda har ikki oliy ta’lim ta’lim muassasasining vakillari ishtirok etishdi.

Muloqotda har ikkala tomon uchun ustuvor ahamiyatga ega bo‘lgan yo‘nalishlar, jumladan davlat ta’lim standartlari, o‘quv dasturlari va ish rejalari bo‘yicha o‘zaro fikr yuritildi. Institut rektori A. Xolbekov videomuloqotda amaliy psixologlar yetishtirish masalasini ko‘tardi.  Baranovichi davlat universiteti rektori V.I.Kochurko hamda  o‘quv ishlar bo‘yicha prorektori  A. V. Unsovich Belorussiyada ta’lim olish, qo‘shimcha ta’lim berishning o‘ziga xos hususiyatlari, talbalarga yaratilgan shart-sharoitlar, xorijiy fuqarolarning ta’lim kontrakt to‘lovlari, yakuniy attestatsiya imtihonlari, ikki diplomga ega bo‘lishning qonuniy asoslari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi. JDPI ning maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari orasidan a’lochi, faol va rus tilini yaxshi biladigan talabalar endilikda BARGU da JDPI uchinchi kursdan o‘qishlarini davom ettirishlari mumkin. Bu esa talabalarimizga kelgusida ikki diplomga ega bo‘lishni nazarda tutadi. Ikki diplomga ega bo‘lgan talabalar ta’lim muassasalarida shunigdek davlat idoralari va tashkilotilarda faoliyat olib borish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.


Ulashish:
2 349
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda yosh ijodkorlar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yosh ijodkorlar va jurnalistikaga qiziquvchi talabalar uchun mahorat darsi tashkil etildi. Uchrashuv O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi raisi Shuhrat Orif ishtirokida, Jizzax viloyati...
JDPUda yurish marafonlariga start berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar o‘rtasida ommaviy sportni keng targ‘ib qilish maqsadida yurish marafonlari boshlandi. Marafonning ilk bosqichi Aniq fanlar pedagogika oliy maktabi tomonidan tashkil...
Shanba-ijtimoiy faollik kuni
Jizzax davlat pedagogika universitetida har shanba kuni ijtimoiy faollik kuni sifatida o‘tkazilmoqda. Bugun professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar va universitet jamoasi yurish, vorkaut maydonlarida mashq qilish, shuningdek, futbol,...