Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/04/2022
Chop etish
Baxmalda “Faol mahallada inson qadri ulug‘” mavzusida  ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

Baxmal tumanining «O‘rmonchi» va «Temir qadam» MFY larida  o‘tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir institutning Tarix hamda O‘zbek tili va adabiyoti fakultetlari hamkorligida tashkillashtirildi.

“Mahalla va oliy ta’lim muassasalari hamkorligida gap ko‘p. Birgina yoshlar masalasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bu hamkorlik aloqalari avvalom bor  yoshlarimiz  ongida,  yurtimizda yuz berayotgan o‘zgarishlarga dahldorlik hissi uyg‘onishiga, ularning orzu-istaklarini to‘g‘ri yo‘naltirishga  xizmat qiladi. Eng muhimi ularda ta’lim olishga havas ortadi. Jizzax davlat pedagogika instituti jamoasining asl niyati ham maqsadi ham shu aslida… ” –deydi tarix fakultet dekani A.Pardaev.

Dastlab tadbir tashkilotchilari ishni tumanning mahallaradagi  ta’lim muassasalari faoliyatini o‘rganish, pedagog xodimlar bilan suhbatlar tashkil qilish, mavjud muammolar o‘rganishdan boshlashdi. So‘ngra hududdagi 20-maktab o‘quvchilari hamda  uyushmagan yoshlardan iborat jamoalar ishtirokida  “Zakovat” intellektual musobaqasi tashkil etildi. Qizg‘in tarzda o‘tgan musobaqa yakunida 20-maktab 10-B sinfning “Zukkolar” jamoasi g‘olib bo‘ldi. G‘oliblarga esdalik uchun kitoblar to‘plami hamda faxriy yorliqlar topshirildi. “Teatr-tarbiya maktabi” loyihasi doirasida Tarix fakulteti talabalari teatr studiyasi jamosi ijrosida  A.Oripovning “Sohibqiron” dramasi asosida tayyorlangan sahna ko‘rinishini namoyish etildi. Tadbirda shuningdek sport musobaqalariga ham e’tibor qaratildi. O‘quvchi yoshlar sportning stol tennisi turi bo‘yicha musobaqalarda o‘zaro bellashishdi. O‘quvchi yoshlarda juda katta taassurot uyg‘otgan ma’naviy-ma’rifiy tadbir yakunida professor o‘qituvchilar ta’lim maskani hududiga turli mevali va manzarali ko‘chatlar o‘tqazishdi.


Ulashish:
1 261
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.