Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/03/2025
Chop etish
“Ayolga ehtirom” haftaligi: Ayolga ehtirom-ayolga hurmat
JDPU tarix fakultetida 8-mart Xalqaro xotin -qizlar kuni munosabati bilan bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.

Ayolni e’zozlash, ehtirom ko‘rsatish xalqimizga xos oliyjanob qadriyat hisoblanadi. Nafosat timsoli bo‘lmish aziz ayollarning sog‘lom zurriyot, barkamol avlodni tarbiyalab, voyaga yetkazishdagi o‘rni va xizmatini hech narsa bilan qiyoslab, baholab bo‘lmaydi. Shu bois ham ayol zotiga, mamlakatimiz xotin-qizlariga yuksak hurmat, doimiy e’tibor va g‘amxo‘rlik ko‘rsatib kelinayotgani davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.

Bayram tadbirida fakultet dekani F.Akchayev so‘z olib, ayollarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan qutladi. Xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan e’tibor, olima ayollarning jamiyatdagi o‘rni, ularni ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish bo‘yicha qilingan ishlar haqida qisqacha to‘xtalib o‘tdi va bu yutuqlarga erishishda fidoyilik ko‘rsatgan ayollarni e’tirof etdi.

Bayram tabrigi kuy-qo‘shiqlarga ulanib, lobar va go‘zal ayollarga o‘zgacha shodlik ulashdi.


Ulashish:
702
Boshqa rubrikalarda mashhur

«Mustaqillik to‘yi»ning asosiy tantanalari yoshlar ijodi bilan davom etdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbirining asosiy tantanalari o‘tkazildi.
JDPUda «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri tantanali nishonlandi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Davlat mustaqilligining 35-yilligiga bag‘ishlangan «Mustaqillik to‘yi» bayram tadbiri «Bir Vatan, bir xalq bo‘lib, yangi hayot, yangi kelajakni birgalikda bunyod...
Universitetda yangi o‘quv yiliga tayyorgarlik jarayonlari o‘rganildi
Jizzax viloyati hokimligi ishchi guruhi hamda jamoatchilik vakillari ishtirokida Jizzax davlat pedagogika universitetida o‘rganish ishlari olib borildi.