Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/12/2025
Chop etish
“AYDINLANMA” jamoasidan Bobur Hamroyevning “KECH” tragediyasi asosida sahnalashtirilgan spektakl.

Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakultetining “Aydinlanma” jamoasi Bobur Hamroyevning “KECH” tragediyasi asosida tayyorlangan umumjamoaviy sahna asarini namoyish etdi.

Bir parda, 8 ko‘rinishdan iborat mazkur spektakl psixotrop dori vositalarining ayanchli oqibatlari, oilaviy muammolar, qadriyatlar parchalanishi va yoshlar o‘rtasidagi global muammolarni yorqin taqdim etishi bilan tomoshabinlarda kuchli taassurot qoldirdi.

Asarda Shabnam obrazining og‘ir taqdiri, ikki farzandining fojiaviy yakuni, do‘stlik va qarindoshlik rishtalarining sinovi, moddiy manfaat ilinjida adashgan yoshlarning o‘tkir dramasi sahnaviy mahorati bilan chuqur yoritildi. Muallif tasvirlagan voqealar jamiyatdagi dolzarb illatlarning keng ko‘lamini namoyon etdi.

Spektaklning rejissyori — Xudoynazarov Gulmurod, sahnalashtiruvchi rejissyor — Rustam Pardaboyev.

Rollarda: Jo‘raboyeva Madina, Bekbo‘tayov Suhrob, Aliyev Dilshod, Qironboyeva Anisa, Karimova Shahlo, Habibov Murodulla, Malikova Ziyoda, G‘oyibnazarov Elmurod, Oltinboyev Ilhom, Qahharov Azimjon, Baxshullayev Ozodbek, Mo‘minova Umida, Mardonova Gulnoza.


Ulashish:
1 977
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...