Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
18/10/2019
Chop etish
  ARM yangiliklari

  Joriy yilning 18 oktabr kuni Jizzax davlat pedagogika instituti axborot-resurs markazi xodimlari  Do‘stlik  tumani 3- umumiy o‘rta ta’lim maktablarida targ‘ibot tadbirlarida bo‘ldilar.  Targ‘ibot tadbirida  maktab direktori M. Shokirova,  ma’naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari G‘. Xudoyberdiev hamda O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani S. Soipovlar ishtirok etdilar. Maktab direktori M. Shokirova ochib berdi.

Shundan so‘ng, O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti dekani S. Soipov so‘z olib, Respublika Prezidenti tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus to‘g‘risida  ishtirokchilarga qisqacha ma’lumot berdi.

Ma’naviy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari G‘. Xudoyberdiev  5 ta tashabbusning 4 chisi “Yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish bo‘yicha tizimli ishlarni tashkil etish”ga yo‘naltirilganligi to‘g‘risida ishtirokchilarga  gapirib o‘tdi.

   Tadbir yakunida  ARM xodimlaridan D. Axmadjonova, N. Tojiboeva, D. Fayzullaeva, M. Oripovalar  “Yangi adabiyotlar sizlar uchun” mavzusidagi adabiyotlarni tadbir qatnashchilariga sharhlab berdilar hamda institut axborot-resurs markazi bilan yaqindan hamkorlik qilishni tavsiya etdilar.

 


Ulashish:
1 071
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Joriy yilning 17-dekabr kuni Jizzax musiqali drama teatrida “Talabalar teatr studiyalari” festivalining 3-mintaqaviy bosqichi tantanali ravishda boshlandi.
Universitetda kafedralar o‘rtasida tajriba almashinuvi yo‘lga qo‘yildi.
Ta’lim sifatini oshirish, sun’iy intellektni ta’lim jarayoniga qo‘llash hamda professor-o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida universitetda kafedralar o‘rtasida samarali tajriba almashinuv tizimi yo‘lga qo‘yildi.
JDPU talabalari harbiy qismda o‘quv-amaliy mashg‘ulotlarda ishtirok etmoqda.
Vatan himoyasi – har bir fuqaroning muqaddas burchi.