Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/04/2025
Chop etish
Amir Temur tavalludiga bag‘ishlab JDPU Tarix fakultetida davra suhbati o‘tkazildi
JDPU Tarix fakultetida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Amir Temur – adolat va bunyodkorlik timsoli” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda o‘qituvchilar, talabalar hamda mehmonlar ishtirok etdi. Unda Amir Temurning hayoti, harbiy san’ati, davlat boshqaruvi, ilm-fanga qo‘shgan hissasi haqida batafsil so‘z yuritildi. Ishtirokchilar tarixiy ma’lumotlar, qiziqarli faktlar va videomateriallar asosida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.

Davra suhbati yakunida yoshlar buyuk ajdodimizdan ibrat olib, Vatan ravnaqi yo‘lida sidqidildan xizmat qilishga chorlandi.


Ulashish:
604
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.