Yangiliklar
Yangiliklar
|
27/12/2025
Chop etish
Aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish PF‑173 farmoni mazmuni tushuntirildi.

Jizzax viloyati statistika boshqarmasi mas’ul xodimi Ismoilov Sarvarjon ishtirokida o‘tkazilgan seminarda “O‘zbeksiton Respublikasida aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbiri va PF‑173 farmoni mazmun‑mohiyati”tushuntirildi.

Seminar davomida ishtirokchilarga 2026‑yilda olib boriladigan aholi va qishloq xo‘jaligini ro‘yxatga olish tadbirining maqsadlari va ahamiyati to‘liq yetkazildi. Xususan, PF‑173 farmoni asosida aholi demografik, ijtimoiy‑iqtisodiy holati hamda qishloq xo‘jaligi faoliyati haqida keng qamrovli ma’lumotlar to‘plash ko‘zda tutilgani ta’kidlandi.

Shuningdek, ro‘yxatga olish ikki bosqichda – onlayn tarzda va uyma‑uy xodimlar orqali amalga oshirilishi, yig‘ilgan ma’lumotlar strategik rivojlanish, ijtimoiy dasturlarni samarali amalga oshirish va investitsiyalarni jalb qilishda muhim ahamiyatga ega ekani ma’lum qilindi.

Seminar ishtirokchilari PF‑173 farmoni mazmun‑mohiyati va ro‘yxatga olish jarayonida aholi bilan qanday ish olib borish kerakligi bo‘yicha savollar berishdi va mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar berildi.

Jizzax viloyati statistika boshqarmasi mas’ul xodimi seminar yakunida aholi va qishloq xo‘jaligi ro‘yxatga olish tadbirining har bir aholi uchun ahamiyatli ekanini, jamoatchilik va mahalla faollari bilan yaqin hamkorlikda olib borilishini ta’kidladi.


Ulashish:
4 486
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda milliy qadriyatlarning ma’naviy hayotdagi o‘rni muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Jizzax viloyat bo‘limi vakillari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari, universitet...
Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...