Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/12/2024
Chop etish
«Adabiyot- qalb ko‘zgusi» nomi ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili nazariyasi va amaliyoti kafedrasi o‘qituvchilari hamda 2 kurs talabalari ishtirokida «Adabiyot- qalb ko‘zgusi» («Home reading» fani doirasida) mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
5 ta muhim tashabbusning birinchi tashabbusi yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga yo‘naltirish maqsadida tashkil etilgan tadbirda talabalar tomonidan turli asarlardan sahna ko‘rinishlari ijro etildi.

“Alisa mo‘jizalar mamlakatida”, Sharlotte Brontening “ Jeyn Eyre”Hans Kristian Andersenning “ Qor malikasi ”, Agata Kristining “Erkul Puaro ”, J.K.Rowlingning “Harry Potter”, Charlz Dikkensning “David Kopperfild”, Roald Dahlning “ Charli va shokolad fabrikasi” asarlaridan mahorat bilan ijro etilgan teatrlashtirilgan lavhalar tomoshabinlarga manzur bo‘ldi.

Tadbir so‘nggida talabalar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandilar.


Ulashish:
774
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.