Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/03/2024
Chop etish
8-mart “Xalqaro xotin-qizlar kuni” bayrami munosabati bilan “Aziz va muqaddassan ayol!” mavzusida tadbir o‘tkazildi.

Maktabgacha ta’lim fakulteti tomonidan tashkillashtirilgan tadbirni fakultet dekani U.Jumanazarov ochib berdi. U o‘z tabrigida barcha ayollarni qutlug‘ ayyom bilan tabriklab, bugungi kecha ular uchun tashkil etilganini alohida ta’kidladi.

Tadbirda ilmiy darajaga ega bo‘lgan ayol professor-o‘qituvchilar hamda 2023-2024 o‘quv yilining o‘tgan davrida yutuqlarga erishib kelayotgan talaba-yoshlar taqdirlandi.

Talaba yoshlar hamda musiqiy yo‘nalish ustozlari tomonidan tayyorlangan badiiy dastur kechani yanada fayzli o‘tishiga xizmat qildi.

Bayramona tadbirga taniqli xonanda Doston Ergashevning musiqiy chiqishlari yakun yasadi.


Ulashish:
1 475
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.