Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
Oliy ta'lim muassasasi yangiliklari
|
28/06/2019
Chop etish
2019-YIL 17-IYUNDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING «2019/2020 O‘QUV YILIDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING OLIY TA’LIM MUASSASALARIGA O‘QISHGA QABUL QILISHNING DAVLAT BUYURTMASI PARAMETRLARI TO‘G‘RISIDA

Qarorga muvofiq, 2019/2020 o‘quv yilidan boshlab:

OTMlarning mavjud quvvatlari, moddiy-texnik bazasi hamda professor-o‘qituvchilari tarkibidan kelib chiqib, OTMlar tomonidan mustaqil ravishda belgilanadigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt, magistratura mutaxassisliklariga bazaviy to‘lov-kontrakt bo‘yicha qo‘shimcha qabul parametrlari asosida amalga oshiriladi;

nogironligi bo‘lgan shaxslarga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish parametrlarining umumiy soniga nisbatan qo‘shimcha ikki foizli davlat granti asosida ajratiladigan qabul parametrlari bo‘yicha OTMlarining kunduzgi, sirtqi yoki kechki ta’lim shakllaridan birida ta’lim olish huquqi beriladi;

to‘lov-kontrakt asosida ta’lim olayotgan barcha bosqich talabalariga, o‘z xohishlariga ko‘ra kontrakt qiymatini stipendiyali yoki stipendiyasiz shaklda to‘lash huquqi beriladi;

davlat buyurtmasi parametrlari doirasida OTMlarining sirtqi va kechki ta’lim shaklida o‘qitishning to‘lov-kontrakt qiymati tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha kunduzgi o‘qitish shakli uchun belgilangan to‘lov-kontrakt qiymatidan ko‘p bo‘lmagan miqdorda belgilanadi;

magistraturaga qabul qilishda abituriyentlarning qabul bo‘yicha belgilangan turdosh bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari negizidagi magistratura mutaxassisliklaridan tashqari boshqa magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha ham tanlovda ishtirok etishiga ruxsat beriladi;

OTMlar rektorlariga (filiallar direktorlari) bo‘ysunuvi bo‘yicha vazirlik va idoralar bilan kelishgan holda chet el fuqarolarini to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymatini tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va magistratura mutaxassisligi bo‘yicha O‘zR fuqarolari uchun belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda belgilash huquqi beriladi.


Ulashish:
1 987
Boshqa rubrikalarda mashhur

Zominda mazmunli dam olish sayohatlar davom etmoqda.
“Yaxshi dam – mehnatga hamdam” degan tamoyil asosida Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va xodimlari uchun har hafta dam olish tadbirlari tashkil etilmoqda.
“Temur Lang” darvozasi hududiga ma’naviy-ma’rifiy sayohat uyushtirildi.
Jizzax davlat pedagogika universiteti Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti talabalari uchun darsdan bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish maqsadida, Amir Temur tavalludining 690-yilligi munosabati bilan “Temur...
Jizzax davlat pedagogika universitetida navbatdagi Speaking Club bo‘lib o‘tdi!
“Shanba – ijtimoiy faollik kuni” doirasida tashkil etilgan ushbu galgi Speaking Club talaba-yoshlarning nutqiy ko‘nikmalarini rivojlantirish, erkin fikrlash va muloqot madaniyatini oshirishga qaratildi.