Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/10/2017
Chop etish
2017 yil 27 oktyabr kuni A.Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika institutining videokonferensiyalar zalida Chet tillar fakulteti rus tili va adabiyoti o‘qitish metodikasi kafedrasi tomonidan buyuk davlat arbobi, atoqli adib Sh.Rashidovning 100-yillik yubileyiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Tadbirga Sh.Rashidovning yaqin qarindoshlari, institut rahbariyati va talabalar taklif etildi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlarning har biri ushbu ulug‘ insonning vatanparvarligi, insoniyligi va kamtarinligini ta’kidlab o‘tishdi.

Tadbirni mazmunli va qiziqarli o‘tkazish maqsadida tayyorlangan Sh.Rashidov asarlaridan pachalar, shoirlarning unga atab yozgan she’rlari, videorolik va taqdimotlar hammaga manzur bo‘ldi. O‘tkazilgan tadbir barcha ishtirokchilarda unutilmas taassurotlar qoldirdi.

 


Ulashish:
2 741
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.
Talabalar oqshomi: iste’dod va yoshlik taronasi
Jizzax davlat pedagogika universitetining 5-sonli talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-yoshlar tashabbusi bilan “Talabalar oqshomi” konsert dasturi tashkil etildi.