Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/09/2025
Chop etish
1-oktyabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan stol tennisi musobaqasi o‘tkazildi

Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan universitet rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasi hamkorligida xodimlar o‘rtasida stol tennisi musobaqasi tashkil etildi. Ushbu sport tadbiri sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib qilish, jamoaviy birdamlikni mustahkamlash va xodimlar o‘rtasida do‘stona muhitni yanada rivojlantirishga xizmat qildi.

Musobaqa davomida erkaklar va ayollar o‘rtasida qizg‘in bellashuvlar bo‘lib o‘tdi va g‘oliblar aniqlandi.

Erkaklar o‘rtasida:

1-o‘rin — Baratov Nasriddin (Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti)

 2-o‘rin — Turdiboev Sanjar (Aniq fanlar fakulteti)

 3-o‘rin — G‘aniev Orif (Maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim fakulteti)

Ayollar o‘rtasida:

 1-o‘rin — Turopova Shohsanam (Jismoniy tarbiya va sport fakulteti)

 2-o‘r in— Abdula­kimova Refede (Pedagogika-psixologiya va inklyuziv ta’lim fakulteti)

 3-o‘rin — Babayeva Anjela (Filologiya fakulteti)

Musobaqa yakunida barcha g‘olib va ishtirokchilar universitet rahbariyati tomonidan tabriklandi.  Jizzax davlat pedagogika universiteti bunday tashabbuslarni doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlab kelmoqda. Bu kabi tadbirlar xodimlarning sog‘lom turmush tarziga bo‘lgan e’tiborini yanada oshirish, sport orqali do‘stona hamkorlikni rivojlantirish hamda mehnat jamoasida ijobiy muhitni kuchaytirishga xizmat qiladi.


Ulashish:
1 120
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.