Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/05/2025
Chop etish
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Maktabgacha ta’lim fakultetida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Jizzax davlat pedagogika universiteti Maktabgacha ta’lim fakulteti tashabbusi bilan fayzli bayram tadbiri tashkil etildi.
Tadbirda bolajonlar, bog‘cha tarbiyalanuvchilari, ota-onalar, murabbiylar hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbir doira sadolari ostida, chiroyli ijro va quvnoq kuylar bilan boshlandi. Doira va kuy-qo‘shiqlar sadosi ostida boshlangan tantana fakultet rahbariyati hamda universitet prorektori S.Nazarqosimovning tabrik so‘zlari bilan davom etdi. Ular bolalarni bayram bilan muborakbod etar ekan, har bir bola uchun tinch hayot va baxt tilashdi.

Tadbirda turli ertak qahramonlari ishtirokidagi sahna ko‘rinishlari, bolalar tomonidan tayyorlangan raqslar, ijodkor talabalarning jonli ijrodagi musiqiy chiqishlari namoyish etildi. Ushbu konsert dasturi yosh tomoshabinlarga quvonch va xursandchilik ulashdi.

Tadbir davomida bolalar uchun turli ko‘ngilochar o‘yinlar, tanlovlar uyushtirildi, g‘oliblarga esdalik sovg‘alar berildi. Faqatgina ko‘ngilochar emas, balki ma’naviy-tarbiyaviy ahamiyatga ega bo‘lgan mazkur tadbir yosh avlod ongida bolalik qadri va uning himoyasi muhim ekanini yana bir bor tasdiqladi. Bayram — haqiqiy bayramdek o‘tdi. Bolajonlar yuzidagi samimiy tabassum, ularning ko‘ngildan quvongani bayram tashkilotchilarini mamnun etdi. Bayramga kelgan bolajonlar bu kunni uzoq vaqt eslab yuradigan bo‘ldi.


Ulashish:
986
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda talabalar o‘rtasida munozara bellashuvi o‘tkazildi
Jizzax shahrida Guliston davlat universiteti (GulDU), Jizzax davlat pedagogika universiteti (JDPU), Jizzax politexnika instituti (JizPI), O‘zbekiston Milliy universitetining Jizzax filiali (O‘zMUJF), Guliston davlat pedagogika instituti...
JDPUda “Qizlar forumi” o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida viloyat Oila va xotin-qizlar boshqarmasi hamkorligida 11-oktyabr — Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan “Erta nikohga barham berish va qizlar huquqlariga sarmoya...
Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.